Quyosh yuzida olingan birinchi videotasvir

Obuna bo‘lish
Quyoshda sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzatish - Yer sharida ob havo va magnit bo‘ronlarini oldindan aytib berish uchun juda yaxshi imkoniyat.

Amerikaning Havai orollarida joylashgan Inoue quyosh teleskopi (Daniel K. Inouye Solar Telescope) yordamida quyosh yuzasining shu vaqtga qadar insoniyat tomonidan olingan eng yaqin surati e’lon qilindi. 

Ushbu suratda quyosh yuzining 36 000 x 36 000 km bulgan kvadrati aks etgan. Suratda quyosh yuzasida jarayonlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Olimlar aytishiga qaraganda, bu yangilik yordamida Yer sharida ob havo va magnit bo‘ronlarini oldindan aytib berish uchun juda yaxshi imkoniyatdir. Shuningdek quyoshning havo transporti, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va Yerdagi elektr tarmoqlariga ta’sirini o‘rganish mumkin.

Ushbu fotosuratlar Daniel K Inouye fondiga tegishli bo‘lgan quyosh teleskopi yordamida suratga olingan. Quyosh teleskopi AQShning Havay arxipelagidagi Maui orolida joylashgan.

 

Yangiliklar lentasi
0