Brodvey malikasi - Dilorom Mamedova: “Rassomning noni qattiq, mehnati og‘ir”

© SputnikDilorom Mamedova
Dilorom Mamedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston muxbiri taniqli rassom Dilorom Mamedovaning ijodiy ustaxonasida bo‘lib, u bilan suhbatlashdi.

Mukammal yaratilgan san’at asari bevosita tomoshabinni uzoq o‘yga toldirishi, hayolot olamiga olib kirishi, ma’naviy ozuqa, estetik zavq bag‘ishlashi muqarrardir. Suratlardagi tiriklik, yashashga bo‘lgan intilish, go‘zallik tasviriy san’at asari ixlosmandlarini o‘ziga jalb etib, maftun etmay qolmaydi, albatta. Jumladan, o‘zbekistonlik rassom Dilorom Mamedovaning asarlarida ham ana shu kayfiyatni ilg‘ab olish qiyin emas.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri taniqli rassomning turli janrdagi asarlari jamlangan ijodiy ustaxonasida bo‘ldi va eksklyuziv suhbatni e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

— Dilorom opa, keling suhbatimizni an’anaviy savol bilan boshlasak, sizda tasviriy san’atga bo‘lgan ilk qiziqish qachon paydo bo‘lgan va ilk chizgan suratingiz nima bo‘lgan?

Bilasizmi, bizning avlodimizda umuman rassom yo‘q. Hammaga bu savolga bir xil javob beraman, shunday tug‘ilgaman-u rasm chizishni boshlaganman. Lekin onamning aytishi bo‘yicha, bolaligimda endi yurishni boshlagan paytlarimda qo‘limga qalam olib devorga chizishni boshlagan ekanman. Esimda bor, onam menga bog‘chaga borayotgan paytlarimda “Razukrashka klonov” degan albomni sovg‘a qilgan. Shundan boshlab klonlarni ko‘chirib chizganman. Avvaliga hech kim ishonmagan, 3-4 yashar bog‘cha yoshidagi qizchaning shu rasmlarni chizganligiga va men bundan juda ham xafa bo‘lganman. Ularning ko‘z o‘ngida chizib berganimdan so‘ng ishonishgan. Bog‘chada hamma tushlik qilsa, men yostig‘imni tagidan qalamlarni olib chiqib, rasm chizib o‘tirarkanman. Onam avvaliga o‘zbek qizlaridan rassom chiqmagan, ulg‘aygani sari keyinchalik boshqa sohaga qiziqib ketadi, deb o‘ylagan. Lekin vaqt o‘tib ham mendagi qiziqish va tasviriy san’atga bo‘lgan mehr so‘nmadi. Aksincha shakllandi. 

© SputnikKartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy
Brodvey malikasi - Dilorom Mamedova: “Rassomning noni qattiq, mehnati og‘ir” - Sputnik O‘zbekiston
Kartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy

— Hamkasblaringizdan biri, “Biz o‘qishga kirgan vaqtimizda o‘qituvchimiz kambag‘allikka tayyormisan?” deya savol bergan, rassom  kasbi — kambag‘al kasb” deya fikr bildirdi. Siz bu fikrga qanday qaraysiz?

Bilasizmi, bu haqiqat, rassomning noni juda qattiq bo‘ladi, mehnati og‘ir bo‘ladi. Bunga chidash kerak. Rassom bir yo‘la pul topib oilasini boqa olmaydi. Haqiqiy rassom, ijodkor mana shu hayot bilan yashash kerak. Butun hayotini shu sohaga bag‘ishlash kerak. Shundan so‘nggina uning mevasini olishi mumkin. Agar rassom faqat o‘qituvchi bo‘lib qolaman, maktabda ishlayman desa bo‘laveradi. Lekin u quruq maosh uchun yashaydi.  Mablag‘i kamroq bo‘ladi, bo‘yoq, xolst ololmaydi. Lekin ijodkor rassom ko‘rgazmalar qilsa, juda ko‘p mehnat qilsa, albatta mevasini ko‘radi. Ko‘pchiliking ongida rassomchilik ham kasbmi, degan fikr o‘tirib qolgan. Lekin rassomchilik juda katta kasb, u dunyo ko‘radi buning orqasidan, nonini topadi. O‘zimdan misol, men dunyo ko‘rapman, ko‘rgazmalar qilyapman, maza qilib sevgan kasbimda ishlayapman. Bunga mehnat, harakat va o‘z ustimda ishlash orqali erishdim. O‘zbekistonda ham juda kuchli taniqli rassomlar bor. Ularning chet el rassomlaridan kam joyi yo‘q. Ular ham kun kelib dunyo bo‘yicha mashhur bo‘lib ketishadi. Umuman, rassomning taniqli bo‘lishi uchun yaxshi reklama va homiy bo‘lishi kerak.

© SputnikKartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy
Brodvey malikasi - Dilorom Mamedova: “Rassomning noni qattiq, mehnati og‘ir” - Sputnik O‘zbekiston
Kartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy

— Sizning ijodingiz homiysi kim?

Ijodim homiysi men o‘zim. Avvaliga shu sohaga kirib kelayotganimda menga ota-onam yordam bergan. Bo‘yoqlar, xolstlar, yo‘lkira va hamma chiqimlar uchun...  18 yoshga to‘lganimdan so‘ng ota-onamdan pul so‘ramasdan, umuman o‘zim mustaqil ravishda “brodvey”ga chiqib, pul topa boshlaganman. O‘sha yerda sekin asta portretlar chizib, keyinchalik o‘zimning chiizgan asarlarimni sotuvga qo‘ya boshladim. Ikkinchi o‘g‘limga homilador bo‘lgan paytlarimda, pul to‘plab bo‘yoqlar sotib olib, so‘ng “brodvey”ni bir kunda tark etishni maqsad qilganman va shunday qildim ham. Sababi, “brodvey” shunaqa joy ediki, u sizni pul topish bilan andarmon qilib qo‘yadi. O‘z ustingizda ishlolmaysiz, ko‘rgazmalar qilolmaysiz, ijod qilolmaysiz. Lekin oldimga qo‘ygan maqsadim to‘g‘ri bo‘lgan ekan, men adashmadim. Xudoga shukr, barchasiga erishdim. Bugun mehnatlarim orqali o‘zimni uyim bor, mashinam bor, o‘z ustaxonam, alohida uchastkam bor. Inson harakat qilsa, hammasiga erisha oladi.

© SputnikKartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy
Brodvey malikasi - Dilorom Mamedova: “Rassomning noni qattiq, mehnati og‘ir” - Sputnik O‘zbekiston
Kartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy

— Demak sizni bekorga “brodvey malikasi” deyishmas ekan-da?

To‘g‘ri, shunday sarlavha bilan hatto maqola ham chiqarilgan.  Brodveyda men 4-5 yil davomida ishladim.  O‘sha paytlar uyda rasm chizib yuradim, lekin hech kimga  ko‘rsatmas edim. Bir kuni shu “brodvey”da o‘tirib, vaqtim bekorga o‘tayotgani haqida o‘ylanib qoldim. Shu paytda oldimga bir rossiyalik mehmon kelib qoldi va chizgan suratlarimni ko‘rib chiqib, hammasini sotib oldi. Ismi Inga edi. Shu ayol menga, “brodvey”da xaltura suratlar sotiladi. Sen nega ijodiy ishlarni bu yerda sotapsan? O‘z chizgan asarlaringni hurmat qilmaysanmi? Men hozir bu asarlaringni arzonga sotib oldim, lekin juda qimmatga sotiladi” deganidan so‘ng sal o‘ylaydigan bo‘lganman. Chizgan asarlarimni qadrlaydigan bo‘ldim. Lekin men  bu bilan buyuk rassom bo‘lib ketdim, deb aytmayman, oldinda hali juda ko‘p mehnat qilishim kerak.

© SputnikKartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy
Brodvey malikasi - Dilorom Mamedova: “Rassomning noni qattiq, mehnati og‘ir” - Sputnik O‘zbekiston
Kartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy

—  Faqat moddiy manfaatni ko‘zlab tasviriy san’at olamiga kirgan rassom sizningcha, qay darajada muvaffaqiyatga erisha oladi? 

Afsuski hozir shunday fikrda rassomchilik kasbini tanlayotgan yoshlar ko‘p va ular xato qilishadi. Aksariyat yoshlar mehnat qilgisi kelmaydida, abstraksiya yo‘nalishiga o‘tib ketadi. Tezroq ishlab, pul topsam deydi. Bunaqa rassomning hayoti yo‘li juda qisqa bo‘ladi. Har xil ko‘chalarga kirib qolib, o‘zini topa olmaydi. Bilasizmi, tomoshabinni aldab bo‘lmaydi. Ba’zi yoshlar tez-tez shoshib, xaltura ijod qilishadi. Surat chiza olmaydi, bo‘yoqlarni matoning uyog‘iga otib, buyog‘iga otib, bir narsalar qiladi-da, nima chizding deb savol bersangiz “Men borliqni shunday ko‘rdim” deydi (jilmayib). Aslida u suratda hech narsa bo‘lmaydi. Lekin rassomni xafa qilgingiz kelmaydi, sinib qolmasin deysiz. Ammo bu kabi rassomlar uzoqqa bora olmaydi, master klass ko‘rsata olmaydi. Chetga chiqsa ham uning asarlari ajralib qoladi.

© SputnikKartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy
Brodvey malikasi - Dilorom Mamedova: “Rassomning noni qattiq, mehnati og‘ir” - Sputnik O‘zbekiston
Kartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy

— Siz chizgan suratlarni qimmat deyishadi...

Ha. Chunki men o‘zimning mehnatimni, qancha ishlaganligim, ijodiy bahosini o‘zim bilaman. Sababi, asarni yaratish uchun kerakli bo‘lgan bo‘yoqlar juda qimmat turadi. Bundan tashqari qancha mehnat qilish kerak. Ba’zida esa shunday paytlar bo‘ladiki, asarlarimdan birontasini birovga sovg‘a qilib ham yuboraman. Sababi, menga o‘sha odamning ichki dunyosi yoqib qolishi mumkin.

— Rassom kayfiyatning odami hisoblanadi. Siz kayfiyatingiz yo‘q paytlarda ilhom parisi bilan qanday murosa qila olasiz?

Birinchidan, man hech qachon ilhom kutib o‘tirmayman. Kayfiyatim bormi, yo‘qmi, men ishlashim kerak. Chunki men ijod qilayotganimda kayfiyat ham bunga ta’sir qiladi. Rassom ilhom kelishini kutib o‘tirsa, umri bekorga o‘tib ketadi. Ijod qilaversangiz, kayfiyat bevosita o‘zidan o‘zi o‘zgaradi. Ba’zida menga savol berishadi, nega bitta suratning ustida uzoq o‘tirib ishlaysiz, deb. Ammo sifat orqali son-sanoqa erishasiz, talab ko‘payadi. Ko‘z, qo‘l qancha ko‘p ishlasa, shuncha “masterstvo” paydo bo‘ladi.

© SputnikKartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy
Brodvey malikasi - Dilorom Mamedova: “Rassomning noni qattiq, mehnati og‘ir” - Sputnik O‘zbekiston
Kartini xudojnisi Dilorom Mamedovoy

— Kayfiyatsiz yoki aksincha kayfiyatingiz a’lo bo‘lgan paytlar sizning chizgan kartinalaringizga qay darajada ta’sir qiladi.

(Uzoq o‘ylanib)chamasi o‘n yillar avval ustaxonam ota-onamning uyida bo‘lgan. Toshkentdagi Zarqaynar gallereyasida bo‘lib o‘tadigan shaxsiy ko‘rgazmamga ikki hafta ustaxonam yonib ketgan. Telefon apparatining simi orqali o‘t chaqnab, yong‘in sodir bo‘lgan va yangi chizilgan asarlarimga tegib, bari yonib ketgan. O‘shanda menga juda og‘ir bo‘lgan edi va bu kayfiyatimga qattiq ta’sir qildi. Lekin men o‘zimni qo‘lga oldim  va hamma narsani to‘g‘rilash mumkinligiga o‘zimni ishontirdim. O‘rnimdan turib, ijod qilishni boshladim. Har gal ishlaganimda o‘sha eski yonib ketgan asarlarimni eslab, chizdim.  Shunchalik alam qilganki, chizapman, yig‘layapman... Xudo shunaqa kuch quvvat berdiki, yangi chizgan suratlarim avvalgisidan ham chiroyli va muvaffaqiyatli chiqdi. Bilasizmi, o‘shanda amin bo‘ldimki, hayotda nima sodir bo‘lmasin hammasini yaxshilikka yo‘yish kerak ekan. Yong‘in haqida hech kimga aytmadim va uch oydan so‘ng o‘z ko‘rgazmamni ochdim. Hammasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Bilasizmi, yana qaytarib aytaman, inson oldiga maqsad qo‘yib shunga qat’iy amal qilsa, albatta unga Xudo yordam beradi. 

Xudojnik-ikonopises iz Samarkanda Aleksandr Galak - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand avliyolariga jon ato etish yo‘lida: ikona chizishni o‘zi o‘rgangan rassom haqida hikoya

— Bugungacha bosib o‘tgan umr yo‘llaringizni qanday ranglarda ifodalagan bo‘lardingiz?

Men eng yaxshi ko‘rgan rang bu sariq rang. Quyoshni juda yaxshi ko‘raman. Chunki bilasizmi qishda, kuzda quyosh chiqib kelsa, insonning kayfiyati ko‘tarilib ketadi. Qishda qor yog‘gach, ketidan quyosh chiqib kelsa, qorlar o‘zgacha yaltiraydi. Mana shu manzarani ko‘rib, odamning yashagisi keladi.

— Oilangiz ijodingizga yoki aksincha ijodingiz oilangizga ta’sir qilgan paytlar bo‘lganmi?  Bular o‘rtasidagi mutanosiblikni qay darajada ta’minlay olasiz?

Oilam, qarindoshlarim, yaqinlarim meni hamma yaxshi tushunadi. To‘g‘ri, o‘zbek ayoliga rassom bo‘lish juda ham qiyin. Barmoq bilan sanasa bo‘ladigan ayol rassomlar bor. Negadir O‘zbekistonda ayol rassomlar juda kam, o‘qishni bitirib qizlar yo‘q bo‘lib ketishadi. Lekin mana men shunday sharoitda ijod qilyapman-ku? Men ham ovqat qilaman, uy tozalayman, kir yuvaman, yugurib bolani maktabidan olib kelaman. Hammasiga erishsa bo‘ladi, buning uchun xohish va istak bo‘lsa bas. 

— Sizni qanaqa muhit ilhomlantira oladi?

Posetitelnitsa u art-obyekta Komediant v vide obichnogo banana, prileplennogo k stene skotchem, italyanskogo xudojnika Mauritsio Kattelana na mejdunarodnoy yarmarke Art Basel v Mayami, SShA - Sputnik O‘zbekiston
Amerikalik rassom hamkasbining 120 ming dollarlik asarini paqqos tushirdi

Juda ko‘p narsa ilhomlantira oladi. Tabiatga chiqqanimda, men etud izlab ba’zida qayerga ketayotganimni ham aniq bilolmayman. Parkent, Zarkent, So‘qoq, Burchmulla,  Chimon, juda ko‘p joylarga boraman. Chunki tabiat meni o‘z go‘zalligi bilan har doim ilhomlantirib kelgan. Mavzu topdim degancha, o‘sha joyning o‘zida to‘xtab ish qurollarimni mashinadan tushirib, ijodni shu joyning o‘zidayoq boshlayman. Odamlar keladi, qiziqib savollarga  tutishadi. Imkon qadar gaplashaman, savollariga javob beraman. Chalg‘isam, iltimos, bir oz ishlab olay deb uzr so‘rab ijodda davom etaman. Kayfiyatim ko‘tariladi.

— Asarlaringizning aksariyati peyzaj janrida ekan...

To‘g‘ri, bu tabiatni sevganligim bois. Ammo men bir yo‘nalishda to‘xtab qolishni istamayman. Chizgan asarlarim orasida realizm ham bor, abstrakt, peyzaj, natumort ham bor. Umuman janr tanlamayman, har xil yo‘nalishda ijod qilaman. Falsafiy yo‘nalishda juda ko‘p asarlar chizganman, tez fursatda sotilib ketadi. Rassom hamma janrda o‘zini sinab ko‘rishi kerak.

— Ijodkorlarning o‘ziga xos xarakteri bo‘ladi. Ayniqsa, rassomlarni sal hayolparastroq tasavvur qilamiz. Sizning xarakteringizda ham o‘ziga xoslik jihatlar bormi?

Men hech kimga, faqat o‘zimga o‘xshagim keladi. G‘ayratliman, sho‘xman, shaddodman. Xudo meni shunaqa yaratgan. Balki chetdan qaraganda kulguliroqdirman. Umuman boshqa dunyo egasi ekanligim haqida odamlar gapirishadi.. Lekin men shunaqaman. Odamlar meni borimcha qabul qilishlarini istayman.

—  Aslida sizni boringizcha qabul qiladigan birorta inson bormi?

Meni hamkasblarim qanaqa bo‘lsam shunday qabul qilishadi. Ba’zida “Diloromxon, yosh boladek beg‘uborsiz, ichingizda kiringiz yo‘q. Borini gapirasiz” deyishadi. Menimcha  shunaqa bo‘lish yomon emas. Tabiiylikni yaxshi ko‘raman, avvaldan tayyorgarlik ko‘rishni yoqtirmayman. Aslim qanday bo‘lsa, borimni ko‘rsataman. 

Obnajennaya dusha jenshini: kartini Marifat Davlatovoy - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonlik qizlar ularni yalang‘och chizishimni so‘rashadi - rassom iqrori

— Uzoq vaqt davomida yangi qiyofa yangi mavzu kutib qolgan paytlaringizda nimalarni his qilasiz? Bugungacha juda ko‘p asarlar chizgansiz, deylik hozir vaqtinchalik mavzu topolmay, izlanishdasiz...

Bilasizmi, hozir ayni shunaqa paytdaman. Yaqinda “O‘qchi” mahallasini eslab, qish mavsumida bahor faslini chizib tugatdim. Ayni damda o‘ylab o‘tiribman, nimani chizsam ekan deb.  Lekin shunday narsa chizmoqchimanki, u avvalgilarini takrorlamasin. Hozirgi paytda nimadir yetishmayotgandek, izlanishdaman. Ko‘chaga chiqapman, odamlar bilan gaplashapman, atrofni kuzataman. Xullas izlanishdaman.

— Ijodingizga xalaqit qiladigan muhit? 

Ijod qilishimga hech narsa xalaqit qila olmaydi. Har qanday holatda ham bemalol ijod qilaveraman. Lekin agarda mendan bo‘yoq va ish qurollarimni olib qo‘ysa, o‘zimga o‘xshamay qolaman. Asabiylashib, o‘zimni yomon his qila boshlayman. To o‘sha suratni chizib, ichimdagi energiyani chiqarib yubormaguncha, ichimda qaynab turaveradi.

— Odamning rasmini chizib bo‘lmaydi, bu gunoh deyishadi. Siz bu fikrni qanday izohlaysiz?

Men bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblayman. Chunki rassom odamni chiza oladi, lekin unga ruhni faqat Xudo bera oladi. Insonning hayotini, uning go‘zalligini chizadi rassom, lekin unga jon ato eta olmasligini yaxshi biladi. Chizilgan surat tarixga aylanadi. Masalan, insonning hayoti, uning obrazi, kiyinishlari, xarakterini bo‘yoqlar orqali aks ettiramiz xolos. Unga ruh ato etolmaymiz. Men buni gunoh deb bilmayman.

Moskvalik rassom Irina Dolgix - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroliklar moskvalik rassom qizning yangi loyihasi qahramoniga aylandi

— Qaysidir shogirdlaringiz qobiliyatida, yoki ularning yaratgan asarida sizning ijodingiz takrorlanib qolgan paytlar bo‘lganmi? 

Bunaqa holatlar juda ko‘p yuz bergan. Ko‘plab shogirdlarimning asarlari mening asarlarimni takrorlab qolgan paytlar bo‘lgan. Lekin ularga tanbeh berib, o‘z qiziqishiga qarab yo‘naltirib, ular o‘z yo‘lini topib ketgan. Sen Dilorom emas, Malika bo‘lgin, Baxtiyor bo‘lgin, o‘z yo‘lingni top deb to‘g‘ri yo‘nalish berishga harakat qilaman. Ko‘p hollarda yoshlar shunchaki suratlarimni ko‘chirib chizib qo‘ya qolishadi. Men bundan xafa bo‘lmayman, chunki o‘zim ham yoshligimda shunday qilganman. Ammo shu nuqtada to‘xtab qolmaganman. Asta-sekin mehnat qilaverib, o‘z yo‘nalishimni topganman. 

— Bugungacha ijodingiz davomida qaysi ustozingizning o‘gitlari sizga xamroh? 

Rassom Kuzibayev uyi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xalq rassomining rafiqasi o‘z uyini buzib tashlanishdan himoya qilmoqda

Ustozim Qo‘zibayev Nig‘mat aka ijod davomida vaqtida to‘xtay olish kerakligini o‘rgatganlar. Sababi shunday paytlar bo‘ladiki, rassom surat chizayotib, ayni kerakli qismini bilmay o‘chirib yuborishi mumkin. Nig‘mat aka surat chizayotganda qayerda to‘xtash kerakligini bilgin va to‘xta. Bir oz toza havoda sayr qilib kelib, o‘sha suratga qarasang qayerdan davom etish kerakligini, yoki kamchiligingni yoki go‘zallikni vaqtida anglab yetasan deb o‘rgatganlar. Har gal surat chizayotib, shu o‘gitlari esimga keladi. Ustozim Alisher Mirzayevdan ham minnatdorman, ko‘plab kompozitsiyalarni o‘rgatganlar. Akmal Nuriddinovdan talabalik paytlarimda ko‘p narsani o‘rganganman. Ularning odamiyligi hurmatga loyiq. Ijodkorligi, vaqti ziqligiga qaramay, har doim ochiq chehra bilan kutib olib, chizgan suratlarimni ko‘rardilar. Xatolarimni aytardilar yo‘nalish berardilar. Men “brodvey”da ijod qilayotgan oddiy talaba edim xolos. Ba’zi odamlar ko‘rolmay g‘iybat qilishar edi. Akmal aka, odamlar men haqimda bunday deyishapti desam, “It huradi, karvon o‘tadi. Sen betakror ijoding, asarlaring bilan ularning og‘zini yop. Ko‘rgazmalar qil, ijod qil, ishla” deya taskin berardilar.  Shu o‘gitlariga quloq solib Xudoga shukr, kam bo‘lmadim. Bir paytlar meni g‘iybat qilib, hasad qilganlar, bugun kelib Diloromxon, yaxshimisiz, deb qo‘l siqib ko‘rishadi.  Chunki haqoratlarga gap qaytarmaganman, janjal qilmagaman, ularga yomonlik qilmaganman. Faqat ijod bilan band bo‘lganman. Ustozimning hayotda bergan mana shu o‘giti menga ijobiy ta’sir qilgan.

— Demak sizning ijodingiz davomida ham sog‘lom va nosog‘lom raqobat o‘rtasida kurash bo‘lgan ekan-da? Bu kurash hozir ham bormi?

— Albatta. Lekin men hech kim bilan kurashmayman. Bugungi kunda faqat o‘zimdagi dangasalik bilan kurashaman, ijod bilan kurashaman. Dangasalikni juda yomon ko‘raman. Qusurlar menda ham bor, ba’zida dangasalik qilib qo‘yaman, yoki tasodifan birovga qattiq gapirib qo‘yishim mumkin. Lekin xato mendan o‘tgan bo‘lsa, jahlimdan tushgach, albatta o‘zim borib kechirim so‘rayman. Chunki bilamanki, o‘z vaqtida kechirim so‘ramasam, Xudo meni kechirmaydi.

Yangiliklar lentasi
0