Sirdaryoda yuz bergan avtohalokatda 5 kishi halok bo‘ldi

© Sledstvenniy departamentTragediya v Sirdarinskoy oblasti: pat chelovek pogibli v DTP - foto
Tragediya v Sirdarinskoy oblasti: pat chelovek pogibli v DTP - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryoda yuz bergan avtohalokatda 5 kishi halok bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Hodisa 2020-yilning 1-fevral kuni taxminan soat 08:30 larda Guliston shahrining Guliston ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar qildi. 

Qayd etilishicha, 19 yoshli Sh.B., o‘z boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida “Guliston-Zarbdor” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va  yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketgan.

© Sledstvenniy departamentTragediya v Sirdarinskoy oblasti: pat chelovek pogibli v DTP - foto
Sirdaryoda yuz bergan avtohalokatda 5 kishi halok bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Tragediya v Sirdarinskoy oblasti: pat chelovek pogibli v DTP - foto

Natijada fuqaro 21 yoshli S.M. boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasiga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda “Damas” haydovchisi S.M., yo‘lovchilar — 55 yoshli Sh.A., 27 yoshli D.E., 28 yoshli M.S.lar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

© Sledstvenniy departamentTragediya v Sirdarinskoy oblasti: pat chelovek pogibli v DTP - foto
Sirdaryoda yuz bergan avtohalokatda 5 kishi halok bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Tragediya v Sirdarinskoy oblasti: pat chelovek pogibli v DTP - foto

 Yana 3 nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri 24 yoshli S.A.,  ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0