Prezident bokschi Murodjon Ahmadaliyevni “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirladi

Murodjon Axmadaliyev
Murodjon Axmadaliyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti mamlakat boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yo‘nalishlarida g‘alaba qozongan Murodjon Ahmadaliyevni faxriy unvon bilan taqdirladi.

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev chempion bokschi Murodjon Ahmadaliyevni “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Murodjon Axmadaliyev zavoyeval 2 chempionskix tituda IBF i WBF Super - Sputnik O‘zbekiston
Bunaqasi bo‘lmagan: Murodjon Ahmadaliyev WBA va IBF chempioni bo‘ldi

Prezident farmonida ushbu faxriy unvon Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mayami shahrida professional boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada yuksak azmu shijoat va mahoratini namoyon etib, mamlakat boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yo‘nalishlarida g‘alaba qozongan, yoshlarga ibrat namunasini ko‘rsatib, ular ongida milliy g‘urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi katta xizmatlari uchun berilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschi Deniel Romanni mahlumb etib,  WBA va IBF chempioni kamariga ega chiqqani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0