Britaniya YeIdan chiqdi. Endi uni kechirishmaydi va qasos olishadi

© Sputnik / Dzhastin Griffits-Uillyams / Mediabankka o‘tishVelikobritaniya vishla iz YeS
Velikobritaniya vishla iz YeS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniya uch yarim yil davom etgan munozaralardan so‘ng YeIni tark etdi. Bu vaqtda ichida mamlakat ko‘p voqealarni boshdan kechirdi. "Ozodlikka" chiqqan Britaniyani qanday sinovlar kutib turgani to‘g‘risida kolumnist Ivan Danilov mulohaza yuritadi.

 

Juma kuni Britaniya rasmiy ravishda Yevropa Ittifoqini tark etdi. To‘g‘ri, Londonda bo‘layotgan voqealarga qaraganda, qirq yetti yillik "Brussel diktati"dan ozod bo‘lish na quvonch, na baxt va na milliy birlikka olib keladi. Britaniya poytaxtidagi "Brekzit oqshomi"ni katta tantanalar bilan o‘tkazganlar bilan bir qatorda Britaniya endi "katta, kuchli va demokratik Yevropaning" bir qismi emasligi bilan ko‘nika olmayotganlarning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ikkinchilari o‘ta vatanparvar bo‘lmagan vatandoshlaridan qasos olish istagida bo‘lishgan, mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini tashkillashtirgan siyosatchilarni gapirmasa ham bo‘ladi.

Velikobritaniya pokinula YeS, zavershiv dlivshiysya tri s polovinoy goda protsess, obernuvshiysya raskolom v obshestve. - Sputnik O‘zbekiston
Londonliklar Britaniyaning YeIni tark etishini qanday nishonlashdi

Qolaversa, Yevropa Ittifoqidan chiqish tarafdorlari tomonidan boshlangan parchalanish jarayoni Buyuk Britaniyada ham, Yevropa Ittifoqining o‘zida ham to‘xtamasligi mumkin va kelajakdagi tarixchilar Buyuk Britaniyaning referendumini Yevropaning umumiy siyosiy va iqtisodiy tizimining qulashi muqarrarligiga olib keluvchi palla sifatida esga olishadi.

Agar narsalarga beparvolik bilan qaralsa, unda vaziyat oxirga paytdagi SSSRni eslatadi va boshqa o‘xshashliklar osongina ayanchli kelajakka olib kelishi mumkin. Biroq, so‘nib borayotgan Sovet Ittifoqi rasmiylarining munosabati va rasmiy Brusselning parchalanish boshlanishiga munosabati o‘rtasida bitta jiddiy farq bor: Yevropa komissiyasining va Yevropa parlamentining barcha tuzilmalari o‘ta murakkab va samarasiz burokratiyaning astronomik darajasi bilan, xarakter va "yevropa loyihasini" har jihatdan himoya qilish nuqtayi nazaridan farq qiladi. Brussel amaldorlari real va uydirma gunohlari uchun Londondan kechirim so‘ramoqchi emaslar. Yevropaning kata oilasini tiklash umidida Londonni har xil sovg‘alar bilan yumshatishni gapirmasa ham bo‘ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun Yevropa komissiyasining raisi (ya’ni "Yevropa Ittifoqining deyarli Bosh vaziri") Ursula fon der Lyayenning so‘zlariga e’tibor qaratish kifoya. Aksincha: yuzidagi eng xushmuomalalik bilan tabassumni saqlagan va abadiy do‘stlik haqida gapirishni unutmagan holda Brussel qasos oladi. Shunqangi qasos oladiki, toki boshqa biror bir mamlakat Britaniyaning "ozodlikka sakrashini" takrorlash to‘g‘risida churq eta olmasin.

V Velikobritanii proydet referendum po voprosu vixoda iz YeS - Sputnik O‘zbekiston
Boris Jonson Yevropadan "og‘riqsiz ajralish" yo‘lini topdi

Agar SSSR va Yevropa Ittifoqini Brekzit nuqtayi nazaridan taqqoslasak, aqlga keladigan tabiiy taqqoslash "Buyuk Britaniya - bu Yevropaning Boltiqbo‘yisi" formulasiga to‘g‘ri keladi va bu tabiiy, ammo noto‘g‘ri taqqoslash bo‘ladi. Brekzit tarafdorlari nimaga umid qilishayotganiga kelsak, mustaqil va mag‘rur Buyuk Britaniya ko‘proq Yevropa Ukrainasiga o‘xshaydi. Gap shundaki, agar siz dunyoga va Yevropaga Londondan qarasangiz, unda London xuddi tom ma’noda go‘yo yer o‘qiga o‘xshaydi va buning uchun juda kuchli moliyaviy dalillar mavjud: Buyuk Britaniya tom ma’noda "qarzga botib o‘tiribdi" - xuddi Ukraina kabi. Faqat London shahri orqali o‘tadigan "quvur" orqali gaz emas, balki pul - yiliga o‘nlab trillionlab yevro, dollar va funt. London - Eski qit’aning yetakchi moliyaviy markazidir va agar Yevropa kompaniyasi dunyoning turli burchaklaridan kapital jalb qilishni, xalqaro maydonga chiqishni va hokazolarni istasa, u o‘z ulushlarini yoki obligatsiyalarini Frankfurtda, Parijda yoki Milanda emas, balki Londonda joylashtiradi. Bundan tashqari: Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, yevro bilan valyuta operatsiyalarining taxminan 80 (!) foizi Londonda amalga oshiriladi (garchi Buyuk Britaniyaning o‘zi hech qachon yevroga o‘tmagan bo‘lsa ham).

Premyer-ministr Velikobritanii Tereza Mey v Londone. 24-maya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Tereza Mey o‘z iste’fosi haqida e’lon qildi

Eng sodda hisob-kitoblarga ko‘ra, Britaniya moliya institutlari tomonidan Britaniya banklarida va Britaniya yurisdiksiyasida boshqariladigan taxminan yetti trillion yevro (umumiy Yevropa hajmining 37 foizi) mavjud va bu pulning katta qismi Yevropa kompaniyalari va investorlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha paradoksal holat yuzaga keladi: Fransiya yoki Germaniyadan yevropalik investorning puli Fransiya yoki Germaniyadan Yevropa kompaniyasiga etib borishi uchun ular avval Londondan o‘tib, banklarga, investitsiya fondlariga, London fond birjasiga, yuridik firmalarga va auditorlik firmalariga sezilarli komissiyalar qoldiradilar. Agar ushbu vaziyatga Britaniya hayot tarzining ustunligi, iqtisodiyotni tashkil etish va milliy xususiyatni boshqa barcha Yevropaliklarga nisbatan (yevropalik bo‘lmaganlarni nazarda tutmasak) bu nohaq tushunchaning qat’iy tarafdori nuqtayi nazaridan qaralsa, Buyuk Britaniya har qanday sharoitda ham shunchaki Yevropa Ittifoqini ushlab turgandek tuyulishi mumkin, va u yerda pul topadi, Yevropa qonunlaridan va Yevropa Komissiyasining ta’siridan qutulish vaziyatni yaxshilaydi, va London mavjud vaziyatdan barcha bonuslarni saqlab qoladi va ko‘p iqtisodiy va siyosiy masalalar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi qarorlariga rioya qilish zarurligi bilan bog‘liq yo‘ldosh muammolarni yo‘q qiladi. Brekzitning ko‘plab tarafdorlari e’tiborini jalb qilgan asosiy ramz bu “Temzadagi Singapur”, va bu ko‘p narsani anglatadi.

Ushbu nazariya va ushbu ramz bilan bog‘liq muammo shundaki, bu kontinental Yevropa rahbarlarining mutlaq irodasizligini nazarda tutib, ular ushbu ssenariyda Britaniya moliya tizimining buyukligiga bosh egib, Sitining janoblariga bo‘yin qisib o‘lpon to‘lashda davom etishlari kerak.

Yevropa aholisi o‘z mamlakatlarida Brexit takrorlanishiga ishonadi

London haqidagi so‘nggi ma’ruzasida Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, ya’ni ko‘p ma’muriy ta’sirga va "Angela Merkelning Yevropa hukumati boshqaruvidagi ishonchli vakili" norasmiy yuqori maqomga ega bo‘lgan siyosatchi, bu taxminlar haqiqat emasligini aniq tushuntirib berdi. London Iqtisodiyot maktabi tomonidan nashr etilgan stenogramma buning dalolatdir:

"Savol: Temzadagi-Singapurni yaratish g‘oyasi Buyuk Britaniyada muhokama qilindi. Siz buni Yevropa Ittifoqi manfaatlariga qanchalik tahdid deb bilasiz va bu borada nima qilishga tayyorsiz?"

Javob: ... Moliyaviy xizmatlarning muhim sohasini ko‘rib chiqaylik. Hozirda, bitta Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatning banki boshqa a’zo mamlakatda osongina ishlashi mumkin. Bu Buyuk Britaniya uchun o‘zgaradi. Hammasi tugadi".

Buyuk Britaniyada kamchilik haqiqatan ham, kontinental Yevropa Londonni chetlab o‘tib, o‘z muqobil "pul quvurini", ya’ni Ukrainani chetlab o‘tadigan rus gazining "oqimi" kabi yaratishni xohlaydi va qila oladi deb ishonadi. Ammo Yevropadagi pullar Londondan asta-sekin oqib chiqayotganligini (har holda buning ustidan Britaniyaning biznes-nashrlarning flagmani Financial Times shikoyat qilmoqda) va yevropalik amaldorlarning jangovar bayonotlariga ko‘ra, kontenental Yevropa unzing "Pul oqimi-1" va "Pul oqimi-2"larini qiyin, qimmat va uzoq bo‘lishini anglagan holda baribir qurishni rejalashtirmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Brekzit oqshomida Yevropaning kelajagi haqida gapirib, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi Yevropa Ittifoqi uchun "tarixiy ogohlantirish" ekanligini va Yevropa loyihasi jiddiy islohotlarni talab qilishini aytdi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, asosiy islohot ko‘proq psixologik va yomon odatlarga qarshi kurashni eslatishi kerak - ya’ni Londonga Yevropa pullariga hisobiga pul ishlash imkoniyatini berish kabi juda yomon odat.

Yomon odatdan voz kechish paytida noqulaylik odatiy holdir va Rossiyaning Ukrainadagi (va yaqin orada nafaqat Ukrainada) tajribasi shuni ko‘rsatadiki, natija albatta bunga loyiqdir.

Yangiliklar lentasi
0