Qozog‘istonda terakt uyushtirishni rejalashtirishda gumon qilingan to‘da qo‘lga olindi

© KNB Respubliki Kazaxstan KNB Respubliki Kazaxstan v gorodax Karaganda i Taraz zaderjalo terroristicheskuyu gruppu
KNB Respubliki Kazaxstan v gorodax Karaganda i Taraz zaderjalo terroristicheskuyu gruppu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga ko‘ra, gumon qilinuvchilar 27-yanvar kuni Karaganda va Taraz shahrida qo‘lga olingan. Ular odam gavjum joylarda terrorchilik hujumlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishgan.

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Qozog‘istonda odam gavjum joylarda terrorchilik hujumlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan besh kishi qo‘lga olindi.

Namanganda terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga ko‘ra, gumon qilinuvchilar 27-yanvar kuni Karaganda va Taraz shahrida qo‘lga  olingan va ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Qayd etilishicha, barcha qo‘lga olinganlar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun muqaddam sudlangan.

“Tergov versiyasi ko‘ra, guruh respublika hududida, jumladan, odam gavjum joylarida terrorchilik aktlarini sodir etish maqsadida tuzilgan”,  - deyilgan xabarda.

Hozirda mamlakat Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0