Siyosatshunos AQShda boshlangan saylovoldi tashviqoti yuzasidan fikr bildirdi

© Sputnik / Djeremi Xogan / Mediabankka o‘tishUchastniki aksii v podderjku kandidata v prezidenti SShA ot Demokraticheskoy partii Bernarda Sandersa v Filadelfii.
Uchastniki aksii v podderjku kandidata v prezidenti SShA ot Demokraticheskoy partii Bernarda Sandersa v Filadelfii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayova shtatida respublikachilar va demokratlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Ciyosiy tahlilchisi Vladimir Mojegov ularning natijalarini sharhladi.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Senator Berni Sanders idorasi Ayova shtatidagi demokratlar kokusida (saylovchilar yig‘ilishida) nomzodi g‘olib bo‘lganini e’lon qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Idora xodimlari ovoz berish jarayonida mustaqil hisob-kitoblarni amalga oshirgan.

Maykl Blumberg - Sputnik O‘zbekiston
Milliarder Maykl Blumberg AQSh prezidentligi lavozimi uchun kurashishini ma’lum qildi

Sanders idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, u 29,7 foiz ovoz to‘plagan - bu raqiblaridan ko‘proq.

Seshanba oqshomida Ayova shtatidagi kokuslar ovoz berish natijalarini e’lon qila olmagan Demokratik partiyaning mahalliy bo‘limining misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatsizligi bilan yakunlandi.

Respublikachilarda kutilgandek 97 foizdan oshiqroq ovoz to‘plagan kutilgandek Donald Tramp g‘alaba qozongan.

Sputnik radiosi efirida siyosiy tahlilchi Vladimir Mojegov respublikachilarning birdamligi Donald Tramp uchun katta ustunlik yaratadi, degan fikrni bildirdi.

“U o‘z saylovoldi kampaniyasini g‘alaba bilan boshladi, ehtimol, boshqa shtatlarda ham xuddi shunday ishonch bilan yurishni davom ettiradi. Uning praymerizda g‘alaba qozonishida hech qanday shubha yo‘q va prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish uchun ajoyib imkoniyatlari mavjud. Demokratik raqiblari orasida shu paytgacha, menimcha, ishonchli tarzda boshlagan Sandersning imkoniyatlari ko‘proq. Ammo biz bundan keyin endi nima bo‘lishini ko‘ramiz, chunki demokratlar lagerida, umuman olganda, tarqoqlik kuzatilmoqda va biz hozircha ular orasida Trampga jiddiy raqibni ko‘rmayapmiz”, - dedi Vladimir Mojegov.

AQShda 3-fevral kunidan dastlabki saylovlar boshlandi. Unda har ikki yetakchi partiyadan prezidentlikka nomzodlar aniqlanadi. Praymeriz mavsumi iyulda, AQShning ikki partiyasi o‘zlarining prezidentlikka nomzodlarini ko‘rsatadigan paytda yakunlanadi. Prezident saylovlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0