TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Oʻzbekiston 2020 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi raisligi davridagi kontseptsiyasini taqdim etdi.
Oʻzbekistonning raisligi davrida oldinga qoʻyilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan kompleks va izchil choralar amalga oshiriiladi.
MDHning rivojlanishi
Hamdoʻstlikni yanada rivojlantirish va MDH ishtirokchi davlatlarining integratsiyasini chuqurlashtirish maqsadida Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari samaradorligini oshirish boʻyicha kelishingan chora-tadbirlarni hayotga tadbiq qilishni hamda Tashkilot tuzilmalari faoliyatining zamonaviy voqelikka moslashishini koʻzda tutuvchi yangi tahrirdagi Hamdoʻstlikni yanada rivojlantirish Kontseptsiyasini qabul qilishni tezlashtirish boʻyicha ishlar faollashtiriladi.
Oʻzbekiston Hamdoʻstlik xalqlari hayot darajasini yaxshilash uchun qulay sharoitlarni yaratishdagi MDHning rolini yanada kuchaytirish va tashkilotning nufuzini mustahkamlash maqsadida koʻp tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlaridagi ishlarni faollashtirishda bor imkoniyatlarni ishga soladi.
Oʻzbekiston tomoni MDHdagi raislik vazifalarini Hamdoʻstlik ishtirokchi davlatlari, tuzilmalari hamda MDH Parlament Assambleyasi bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda amalga oshiradi va oʻz raisligi davrida Tashkilotga aʼzo davlatlarning koʻmagiga hamda taklif etiladigan tadbirlarda ularning faol ishtirok etishiga umid bildiradi.
Tashqi siyosat
Tashqi siyosat sohasida siyosiy muloqotlar amaliyoti saqlab qolinadi, jumladan, tashqi siyosat idoralari oʻrtasidagi xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari boʻyicha, MDH ishtirokchi davlatlarining xalqaro tashabbuslarini roʻyobga chiqarish masalalari borasida maslahatlashuvlar oʻtkazish davom ettiriladi.
Parlamentlararo hamkorlik
Parlamentlararo hamkorlik sohasida Hamdoʻstlik nizomidagi vazifalarni amalga oshirishda parlamentariylarning rolini mustahkamlash maqsadida “parlament diplomatiyasi”, xususan, MDH Parlamentlararo Assambleyasi doirasida hamkorlikni faollashtirish uchun mavjud barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
Iqtisod
Iqtisodiy hamkorlik sohasida saʼy-harakatlar MDHning 2030-yilgacha boʻlgan davr uchun Iqtisodiy rivojlanish strategiyasini va uning birinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha Tadbirlar rejasini tayyorlashga, oʻzaro savdoda qulay sharoitlar yaratishga, jumladan boxjona tartibini soddalashtirishga, savdodagi mavjud istisno va cheklovlarni, xususan texnik toʻsiqlarni bartaraf etishga hamda ishtirokchi davlatlar hududlari oʻrtasidagi aloqlarni rivojlantirishga, jumladan MDHning 2030-yilgacha boʻlgan mintaqalararo va chegaradosh hududlar hamkorligi Konsepsiyasini ishlab chiqish va qabul qilishga yoʻnaltiriladi.
2020 yilda Oʻzbekistonda turli yoʻnalishlar boʻyicha hududlararo hamkorlikni faollashtirish maqsadida MDH hududlari Forumi oʻtkaziladi.
Transport
Transport sohasida yangi transport marshrutlarini tashkil etish, MDH davlatlarining tranzit salohiyatidan keng foydalanish boʻyicha aniq choralarni nazarda tutuvchi Tashkilot ishtirokchi davlatlarining 2030 yilgacha hamkorligining Ustuvor yoʻnalishlarini tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Huquqni muhofaza qilish va terrorizmga qarshi kurashish
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va maxsus xizmatlarning hamkorligi sohasida terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashishda 2019-2023 yillarda jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha Davlalararo qoʻshma chora-tadbirlar dasturini, 2020-2022 yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa zoʻrovonlik koʻrinishlariga qarshi kurashishda MDH ishtirokchi davlatlarining Hamkorlik dasturini hamda Tashkilot ishtirokchi davlatlarining axborot xavfsizligini taʼminlash Strategiyasini amaliy bajarish borasida maqsadli ishlar yoʻlga qoʻyiladi.
Harbiy hamkorlik
Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi harakatlar hamkorlikning erishilgan darajasini saqlab qolish va rivojlantirishga, shuningdek MDH ishtirokchi davlatlarining 2025-yilgacha boʻlgan harbiy hamkorligi konsepsiyasini tayyorlash yoʻli bilan yangi istiqbolli yoʻnalishlarni taraqqiy ettirishga va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ilm-fan va innovatsiya
Ilmiy-texnik va innovatsion hamkorlik sohasida MDH ishtirokchi davlatlarining 2030 yilgacha boʻlgan Hukumatlararo innovatsion hamkorlik dasturini tayyorlash boʻyicha ishlar tashkil etiladi. Mazkur dasturning amalga oshirilishi ilmiy-texnologik ishlanmalar va ixtirolardan samarali foydalanish, uzoq muddatli hamkorlik dasturlarini amalga oshirish va innovatsion loyihalarni amalga chiqarish uchun resurslarni jamlash imkonini beruvchi ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirishni koʻzda tutadi. Jamiyatni raqamli rivojlantirish sohasida information hamkorlik toʻgʻrisida Bitimni qabul qilish boʻyicha ishlar faollashtiriladi.
Madaniyat
Madaniy-gumanitar sohadagi harakatlar yoshlar siyosati, madaniyat va sport, fan va taʼlim, sogʻlikni saqlash hamda turistik aloqalarni kengaytirish jabhasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratiladi.
2021-2030 yillar uchun moʻljallangan yoshlar hamkorligi, turizm hamda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha uchta Strategiyalarni tayyorlash borasidagi ishlar tashkil etiladi.
Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 75 yilligini nishonlash
MDH davlat rahbarlari kengashining 2017 yil 11 oktyabrdagi 2020 yilni Hamdoʻstlikda 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 75 yilligi yili deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorini bajarilishi tinchlik, hamfikrlik va doʻstlik muhitini, shu jumladan MDH yoshlari oʻrtasidagi mustahkamlashga yoʻnaltirilgan birgalikdagi saʼy-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi.
1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 75 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash boʻyicha asosiy chora-tadbirlar Rejasini bajarish, jumladan ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, harbiy-ilmiy ishlar boʻyicha xalqaro tanlovlar, badiiy va hujjatli film kinofestivali hamda harbiy orkestrlarning musiqiy festivali va boshqa qoʻshma tadbirlarni oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Quyida Oʻzbekiston raisligining ustuvor yoʻnalishlari vazifalari bilan toʻliq tanishish mumkin.