TOSHKENT, 5 fev - Sputnik. AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Qrimni Ukraina uchun yoʻqotilgan deb aytdi, deb xabar beradi RIA Novosti "Novoye vremya" portaliga tayangan holda.
Portalga koʻra, Davlat departamenti rahbari bilan uchrashuv chogʻida qrim-tatar faoli Emina Japarova Pompeoni yarimorolni AQSH tashqi siyosati eʼtiborida tutishga chaqirgan. Ayol, shuningdek, Pompeodan Vashingtonda Qrim boʻyicha konferentsiyani tashkil qilishga yordam berishini soʻragan.
Manbalarning taʼkidlashicha, Davlat kotibining yuz ifodasidan bilish mumkin edi-ki, uning yarim orol boʻyicha anjuman oʻtkazishdan koʻra, boshqa ustuvor masalalari bor edi.
Oʻzbekiston Qrim harbiylashuvi haqidagi BMT rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlamadi >>>
"Qrim yoʻqotildi. Dunyo oʻyinchilari buni tushunishmoqda. Ukraina Qrimni berib qoʻydi va Rossiya undan biror narsani olib qoʻyish mumkin boʻlganlardan emas", - deya Pompeo soʻzlarini keltiradi portal yopiq yigʻilish ishtirokchisiga tayangan holda.
Yanvar oyi oxirida AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari boʻylab turnesi doirasida Ukrainada boʻldi. Kiyevda amerikalik diplomat Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, shuningdek, tashqi ishlar vazirlari va mudofaa vazirlari bilan uchrashdi.
Yevropa va Amerika aholisining uchdan bir qismi Qrim Rossiyaga tegishli, deb hisoblaydi >>>
2014 yil mart oyida Ukrainadagi toʻntarishdan keyin oʻtkazilgan referendum natijasida Qrim Rossiya hududiga aylandi. Rossiya bilan birlashish uchun Qrim Respublikasidagi saylovchilarning 96,77 ?i va Sevastopol aholisining 95,6 %i ovoz berdi. Moskva yarimorol aholisi xalqaro huquq va BMT nizomiga toʻla mos ravishda Rossiyaga demokratik yoʻl bilan qaytishga qaror qilganliklarini bir necha bor taʼkidlagan. Vladimir Putinga koʻra, Qrim masalasi butunlay yopilgan.