AQSh Vakillar palatasi spikeri Tramp nutqi matnini namoyishkorona yirtib tashladi

© REUTERS / Leah MillisPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oq uy rahbari Donald Tramp o‘zining nutqi nusxasini chiqish qilishdan oldin odatdagi kabi spiker va vitse-prezidentga uzatgan.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning kongressdagi “Mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risida”gi yillik murojaatnomasidan  so‘ng Vakillar palatasi spikeri demokrat Nensi Pelosi uning nutqi matnini namoyishkorona yirtib tashladi.

Oq uy rahbari o‘zining nutqi nusxasini chiqish qilishdan oldin odatdagi kabi spiker va vitse-prezidentga uzatgan. O‘sha payt spiker Trampga qo‘lini uzatgan, biroq Tramp uning qo‘lini siqib ko‘rishmasdan, teskari burilib tribunadagi o‘z o‘rnini egallagan.

Tramp o‘z nutqini yakunlashi bilanoq, uning ortida bo‘lgan Pelosi stol ustidagi uning nutqini olib, namoyishkorona yirtib tashlagan.

​Keyinchalik Nensi Pelosi jurnalistlarga ushbu xatti-harakatini izohlab, “muqobillarini inobatga olgan holda bu boadabona” bo‘lganini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0