O‘zbekistonliklar koronavirus tarqalgan shaharni qanday tark etdi - video

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xitoydan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda. Kuni kecha Uzbekistan airways Pekindan yo‘lovchilarni olib keldi, 5-fevral kechasi Uxandan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi.

O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun bepul charter reysini tashkil qildi. Maxsus samolyotda o‘zbekistonliklardan tashqari, yana besh nafar qozog‘istonlik ham olib ketildi.

Uxan-Toshkent reysi yo‘lovchilaridan biri Sputnik’ga xabar qilishicha, sakkizta avtobusda ular yotoqxonalardan aeroportga yetkazildi. Uxandan olib kelingan fuqarolar maxsus tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0