“Zolotaya korona” bilmasdan terrorchilarga yordam bergan

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tish"Zolotaya korona" "Kuzneskbiznesbanka" v Novosibirske.
Zolotaya korona Kuzneskbiznesbanka v Novosibirske. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Milliy banki rahbarining o‘rinbosari “Zolotaya korona” bilmasdan terrorchilarga yordam bergan bo‘lishini mumkinligini taxmin qildi.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Tojikiston Milliy banki rahbarining o‘rinbosari “Zolotaya korona” bilmasdan terrorchilarga yordam bergan bo‘lishini mumkinligini taxmin qildi.

Tojikistonda sayyohlarga hujum qilgan terrorchiga umrbod qamoq jazosi berildi

Qisqacha aytganda, mohiyat shundaki: operator nafaqat pul o‘tkazmalari bozorini (2 milliard dollar) o‘ziga bo‘ysindirishga qilishga urindi, balki 2018-yilda sayyohlarga hujum qilgan radikallar qo‘lida qulay vositaga aylandi.

“Dangarada chet elliklar o‘limiga sabab bo‘lgan teraktni sodir etgan besh kishi “Zolotaya korona” tizimi orqali moliyalashtirilgan”, dedi Tojikiston Milliy banki rahbari o‘rinbosari.

Bu kabi shunday fojiali hodisa o‘sha paytda Tojikistonda moliyaviy nazoratning ishonchli tizimi bo‘lmaganligi sababli sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Tojikiston IIV rahbari sayyohlarga qurollangan hujum uyushtirilganini tan oldi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan Tojikistonga pul o‘tkazishda vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelgani xabar qilingan edi. Bunga Tojikiston Milliy bankining o‘tgan yilning 3-dekabrida milliy protsessing markazini ishga tushirgani sabab bo‘lgan edi. Endilikda mamlakat milliy banki pul o‘tkazmalarni o‘z nazoratiga olgan. Hozir "Zolotaya korona" orqali Tojikistonga pul jo‘natishning imkoni yo‘q, chunki kompaniya mamlakat banki shartlariga rozi bo‘lmadi va yangi tizimga ulanmadi.

Yangiliklar lentasi
0