AQSh Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasini e’lon qildi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishKapitoliy (United States Capitol) na Kapitoliyskom xolme v Vashingtone
Kapitoliy (United States Capitol) na Kapitoliyskom xolme v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maykl Pompeo o‘z tashrifi davomida e’lon qilgan hujjat - AQSh Markaziy Osiyoda 2025-yilga qadar qanday hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligini ko‘rsatdi.

TOShKENT, 6 fev — Sputnik.  AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Markaziy Osiyoga bo‘lgan tashrifi doirasida AQShning 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasini e’lon qildi.

Ushbu Strategiya 6ta asosiy bo‘limdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1.Markaziy Osiyo  davlatlarining suvereniteti va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash. Ushbu maqsadda AQSh hududda o‘zining diplomatik ishtirokini oshiradi. Undan tashqari “hududa tarqoqlikka olib kelayotgan kelishmovchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi”. AQSh Markaziy Osiyo elektr halqasi hamda savdo sotiqni rivojlantirishda ishtirok etadi.

Beshkekda tashkil qilinayotgan “Amerika Markaziy Osiyo Universiteti” – hududning yosh aqllari AQSh ilmiy unvonlarini olish, kerakli biznes ko‘nikmalarni o‘rganish uchun o‘sib boruvchi xabga aylanadi va hudud bilan uzoq muddatli uyushmalar tashkil qilishga xizmat qiladi.  

Markaziy Osiyoda terrorchilik xavfini kamaytirish, bu yerni terrorchilar yashirinish joyiga aylantirmaslik.  

3. Afg‘oniston bilan hamkorlikni kuchaytirish. AQSh Afg‘oniston xavfsizligi butun Markaziy Osiyo uchun muhim deb hisoblaydi.

4. AQSh hukumati MO davlatlari Afg‘oniston bilan aloqalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

5. Hududda huquq ustuvorligini hamda inson huquqlarini ta’minlash.

6. AQShning Markaziy Osiyoga sarmoya kiritishini qo‘llab quvvatlash.

“AQShning Markaziy Osiyo ishlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi - bizning milliy xavfsizlik, xorijdagi manfaatlarimiz va fuqarolarimizni himoya qilish uchun xizmat qiladi”, - deyilgan AQSh strategiyasida.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik ekspert Andrey Kazansev, biroz oldin AQSh davlat kotibi Markaziy Osiyoga kelishidan asosiy maqsad – ushbu hududda ayni damda yetakchilik qilayotgan Rossiya va Xitoyga nisbatan o‘z pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida kelgan deb xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0