Buxoroda antiqa topilma aniqlandi – foto

© Sputnik / Yegor YeremovLopata
Lopata - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy mutaxassislar topilmani tartibga keltirib, chuqur o‘rganib chiqilishi uchun Toshkent sharqshunoslik institutiga yuborishdi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Buxoroning qadimiy shahar qismida olib borilgan restavratsiya ishlari vaqtida 13X48 sm bo‘lgan qayriqtosh topildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

© Oblastnoe upravlenie Departamenta kulturnogo naslediyaV Buxare nayden netipichniy artefakt - foto
Buxoroda antiqa topilma aniqlandi – foto - Sputnik O‘zbekiston
V Buxare nayden netipichniy artefakt - foto

“Topilmaning o‘ziga xosligi shundan iboratki, ilgari, olimlarning fikriga ko‘ra, bu kabi kichik o‘lchamdagi qabr toshi ishlatilmagan”, - deyilgan xabarda.

Mulla Payraviy masjidining chillaxonasi restavratsiya vaqtida bu topilma aniqlandi.

Mahalliy mutaxassislar topilmani tartibga keltirib, chuqur o‘rganib chiqilishi uchun Toshkent sharqshunoslik institutiga yuborishdi.

Qayroqtoshda eski arab yozuvidagi “Al-faqix Ahmad Ammor al-Ansori, Allohning rahmatidan qo‘rquvchi, unga qaytuvchi, hijriy 563-yilning rajab oyi/ milodiy 1168-yilning may oyida olamdan o‘tdi”, deb yozilgan ekan.

Topilmaning ahamiyatli jihati shundaki, bu Buxorodagi maqbaralarda qayroq ishlatilgan birdan bir holatdir. XI-XIV asrlarda qayroqdan, asosan, Samarqand, Farg‘ona vodiysida va qisman Toshkentda qabrtosh sifatida foydalanilgan.

Yangiliklar lentasi
0