Iqtisod

Ipoteka kredit – qaysi hududda eng koʻp pul ajratilgan

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishKlyuchi ot kvartirы
Klyuchi ot kvartirы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Markaziy bank tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlar haqida maʼlumot tayyorladi.

TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Markaziy bank tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlar toʻgʻrisida maʼlumot tayyorladi.

Kvartira v novostroyke - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Ipoteka kreditlari boʻyicha imtiyozli davr qisqartiriladi

2019 yil davomida tijorat banklari tomonidan 67 261 nafar jismoniy shaxsga 7,9 trln. soʻm miqdorida (2018 yilga nisbatan 66,6 foizga yoki 3,2 trln. soʻmga koʻp) ipoteka kreditlari ajratilgan.  

Mazkur davr mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlarining eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlari Toshkent shahri (960 mlrd.soʻm), shuningdek, Toshkent (535 mlrd.soʻm) va Jizzax viloyatlari (304 mlrd. soʻm) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi (283 mlrd. soʻm) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2019 yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining 96,5 foizi (7,7 trln. soʻm) birlamchi bozorga, 3,5 foizi (268 mlrd. soʻm) ikkilamchi bozorga yoʻnaltirilgan. 2018 yilda mazkur koʻrsatkich mos ravishda 94,6 foizni (4,5 trln.soʻm) hamda 5,4 foizni (244 mlrd. soʻm) tashkil etgan.

Shuningdek, ipoteka kreditlar tarkibida imtiyozli asosda (qayta moliyalash stavkasi doirasida) ajratilgan kreditlar ulushi 83,2 foizni (6,6 trln. soʻm), bozor foizlarida ajratilgan kreditlar ulushi esa 16,8 foizni (1,3 trln. soʻm) tashkil qiladi.

2019 yilda jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarining 4,8 trln. soʻmi (61 foizi) markazlashgan resurslar, 3,1 trln. soʻmi (39 foizi) tijorat banklari resurslari hisobidan ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0