Dunyoda

Italiyalik ayol milkidan soch oʻsib chiqdi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishRabota klinicheskoy stomatologicheskoy polikliniki
Rabota klinicheskoy stomatologicheskoy polikliniki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Italiyalik ayol milkida oʻsayotgan sochdan shikoyat bilan shifokorlarga murojaat qildi. 2009 yilda ayolga oʻxshash holat boʻyicha jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.

TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Italiyalik ayol tish milkida soch oʻsayotgani haqida shikoyat bilan shifokorlarga murojaat qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Shtrix-kod na lыsoy golove mujchinы - Sputnik Oʻzbekiston
Erkaklarda soch nega toʻkiladi - olimlar yangi sababni aniqladilar

Bu holat haqida Oral Surgery, Oral Medicine, Oral Pathology and Oral Radiology maqola chop etilgan.

Ayol birinchi marta 2009 yilda shifokorlarga murojaat qilgandi. Oʻsha vaqtda uning tanglayida kiprikka oʻxshash tuk oʻsib chiqqandi. Tibbiyot xodimlari bu paytgacha shunga oʻxshash hodisani besh marta qayd etishgan boʻlib, hammasi erkaklarda kuzatilgandi.

Keyin shifokorlar bemorga polikistoz tuxumdonlar sindromi tashxisini qoʻyishdi: koʻpincha tana va yuzda ortiqcha tuk oʻsa boshlaydi.

Ayoldagi ortiqcha tuklar jarrohlik yoʻli bilan olib tashlandi va gormonal preparatlar tayinlandi. Muolaja maʼlum vaqtgacha yordam berdi, biroq bir necha yillardan soʻng tuk oʻsishi yana avj oldi.

Bir muncha vaqt davolanish yordam berdi, ammo yillar oʻtib, sochlar yana koʻp miqdorda koʻpayib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0