Koronavirus Equinox yetkazib berilishiga ta’sir ko‘rsatadi

© MAKSAD Chevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus tufayli O‘zbekistonda mijozlarga Chevrolet Equinox yetkazib berilishi kechikadi. Kutishni istamaganlar pullarini qaytarib olishlari mumkin.

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi koronavirus tufayli Chevrolet Equinox avtomobilining yetkazib berilishi kechikishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, avj olayotgan koronavirus sababli ko‘pgina avtomobil ishlab chiqaruvchilarda Xitoyda ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlarni yetkazib berilishida muammo yuzaga kelgan. Shu  sabab o‘z zavodlarida ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishgan.

“Ushbu favqulodda vaziyat tufayli, Chevrolet Equinox avtomobilining yetkazib berilishi ham mintaqadagi epidemiya bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmagunga qadar kechiktirilishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Chevrolet Equinox avtomobilini sotib olish uchun shartnoma pulini to‘lagan va avtomobil yetkazib berilishi qayta tiklanishini kutishni istamagan mijozlar to‘langan summani qaytarib olishlari mumkin.

UzAuto Motors yangi avtomobillar taqdimotini o‘tkazdi – foto

Shuningdek, boshqa har qanday avtomobilni sotib olish uchun shartnomani almashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0