Jamiyat

Koronavirus kirib kelishi masalasida eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻygan xodimlarga chora koʻrildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishProdaja meditsinskix masok v aptekax
Prodaja meditsinskix masok v aptekax - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus kirib kelishi masalasida eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻygan bosh vrach va SKP xodimiga chora koʻrildi.

TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Koronavirus kirib kelishi masalasida eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻygan bosh vrachga chora koʻrildi, deb xabar qildi Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Kitayskaya politsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus ortidan “pul ishlamoqchi boʻlgan” firibgarlar qoʻlga olindi

Xabarda aytilishicha, Nishon tumani Tallimarjon hududidagi SKP bir marotabalik ishlatiladigan niqob va bir marotabalik himoya kiyimi bilan toʻliq taʼminlanganligi va xodimlar ishlarini nazorat qilmaganligi hamda koronavirus kasalligiga qarshi epidemiologik chora-tadbirlarni yetarli darajada tashkillashtirmaganligi sababli Nishon tuman SEO markazi bosh vrachi Alisher Normoʻminov intizomiy chora, vazifasini yaxshi oʻzlashtirmagan SKP xodimi Akrom Sayitovning mehnat shartnomasi bekor qilindi, deb maʼlumot berdi Qashqadaryo viloyati Sanitariya va epidemilogik osoyishtalik markazi.

Maʼlumotda keltirilishicha, 4 fevral kuni viloyat SEO markazi bosh vrachi S.Murodov, epidemiolog R.Muzaffarov, Nishon tuman SEO bosh vrachi va viloyat favqulodda vaziyatlar xodimlari Tallimarjon hududidagi(Turkmaniston bilan chegaradosh) SKPga borib oʻrganish ishlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, hozirgi paytda Turkmaniston tomonidan hududiga oʻtish va chiqish taqiqlangan. 2020 yilning yanvar oyida 1000 ta fuqaro shundan 935 nafari xorijiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan boʻlib, SKPni oʻrganish kuni yaʼni 4 fevral kuni 5 nafar fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, isitmalagan bemorlar aniqlanmagan. 1 fevraldan 4 fevralga qadar SKP orqali 58 nafar oʻtgan fuqarolarning barchasi Turkmaniston fuqarolaridir. SKPda bugungi kunda 4 ta pirometr – masofaviy (distantsion) termometr, 65 ta tibbiyot (simobli) termometr, 50 ta koʻp marotabalik niqob, 4 ta bir marotabalik himoya kiyimi, 5 ta oʻlatga qarshi himoya kiyimi bilan taʼminlangan.  Teplovizor – masofaviy turgʻun harorat oʻlchovchi uskuna yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala