Dunyoda

Koronavirus ortidan “pul ishlamoqchi boʻlgan” firibgarlar qoʻlga olindi

© AP Photo / Ng Han GuanKitayskaya politsiya
Kitayskaya politsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xitoyda koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlandi. Sal kam uch yuz kishi qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Xitoy huquq tartibot organlari tomonidan koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq mingdan ortiq firibgarlik fosh etilib, 294 kishi qoʻlga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti XXR jamoat xavfsizligi vazirligi bayonotiga asosan.

Sotrudnik aeroporta nosit masku, chtobы predotvratit rasprostraneniye novogo koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirusga qarshi kurash uchun qancha mablagʻ kerakligi maʼlum boʻldi

Xabarda taʼkidlanishicha, fuqarolardan firibgarlik yoʻli bilan olingan 6,6 million yuan qaytarib olishga muvaffaq boʻlindi.

Huquq tartibot organlari tomonian 3 ta asosiy firibgarlik sxemasi aniqlandi. Koʻpincha huquqbuzarlar himoya niqoblari taqchilligidan foydalib, fuqarolardan pul olishga yigʻishgan.

Firibgarlar gigiyena niqoblarini sotish haqida turli eʼlonlarni tarqatishgan. Biroq pul olgandan soʻng, jinoyatchilar telefon raqam va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarni blokirovka qilishgan yoki tovarni joʻnatmaslik uchun turli bahonalarni topishga uringan.

Ikkinchi sxema boʻyicha firibgarlar soxta xayriya tashkilotlar veb-sahifalarini ochib, kasallik tarqalishini oldini olish uchun fuqarolardan pul toʻplagan. Biroq pulni olgandan soʻng, gʻoyib boʻlishgan.

Bundan tashqari, firibgarlar messejerlarda ham turli muloqot-guruhlarini ochib, aholidan aldov yoʻli bilan pullarni olishgan.

Yangiliklar lentasi
0