TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Koronavirus kelgusi tarqalishini oldini olish va kam rivojlangan davlatlarni himoya qilish uchun 675 million dollar sarflash zarur, bu haqda JSST bayonotida maʼlum qilingan.
“Menni eng koʻp tashvishga soladigan narsa shundaki, hozirgi vaqtda virusni yuqtirgan odamlarni aniqlash tizimlari mavjud boʻlmagan davlatlar mavjud”, - degan JSST rahbari Tedros Adxan Gebreyes soʻzlari keltirilgan hujjatda.
U sogʻliqni saqlash tizimi zaif boʻlgan davlatlarga zudlik bilan yordam koʻrsatish zarurligini taʼkidladi.
Dekabr oyi yakunida Xitoy hukumati Xubey viloyatida nomaʼlum pnevmoniyaning tarqalgani haqida xabar qildi. Keyinchalik, kasallik qoʻzgʻatuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi. Yangi tipdagi koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 24,3 ming kishidan oshdi, kasallanganlarning sal kam 500 nafari vafot etdi.