Rossiyalik tarixchi jadidlar haqida film suratga oldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProrektor MGIMO Yevgeniy Kojokin
Prorektor MGIMO Yevgeniy Kojokin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MGIMOning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori, rejissor Yevgeniy Kojokin Toshkentda jadidlar harakatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etdi.

MGIMO professori, rejissor Yevgeniy Kojokin Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazida "Ismoil va uning odamlari" hujjatli filmini taqdim etdi. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, u jadidchilik harakatining asoschisiga bag‘ishlangan ushbu filmning O‘zbekiston poytaxtida namoyish etishga muvaffaq bo‘lganidan xursand.

"Men Toshkentga tez-tez tashrif buyuraman va bu shaharni juda yaxshi ko‘raman. Mendan bu yerda mening filmim taqdimotini o‘tkazishni so‘rashganda, men juda xursand bo‘ldim. Bundan tashqari, men hozirda Buxoroning taniqli va badavlat oilasi - Burxanovlar oilasiga bag‘ishlangan yana bir film ustida ishlamoqdaman. Suratga olish ishlari allaqachon Buxoroda bo‘lib o‘tdi, hozirda Toshkentda ma’lumotlar yig‘ilinmoqda. Men ushbu asarni O‘zbekiston poytaxtida ham, albatta, Buxoroning o‘zida namoyish etishni xohlayman", - deya rejissor so‘zlarini davom ettirdi.

Kojokin ijodiy faoliyatidan tashqari ilmiy faoliyatni ham unutmaydi: MGIMO prorektori sifatida u imkoniyatdan foydalangan holda universitetning Toshkent filialida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza mavzusi yaqinlashib kelayotgan Ulug‘ Vatan urushi g‘alabasining yubiley tantanalari bo‘ldi. Uchrashuvda MGIMO talabalaridan tashqari JIDU talabalari ham ishtirok etishdi.

"Juda yaxshi suhbat bo‘ldi, ko‘plab savollar berildi, hatto munozaralar ham boshlandi. Umid qilamanki, hammaga qiziq bo‘ldi", deya xulosa qildi professor.

Kojokin bir nechta hujjatli filmlarning muallifi va sahnalashtiruvchi rejissori. Toshkentda namoyish etilgan filmdan tashqari u "Yolg‘iz batalon" (1999)va "Ruslar va gruzinlar" (2016) filmlarini ham yaratgan.

Batafsil sharhni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglang.

Professor MGIMO rasskazal, kak snimayet film o znatnoy semye iz Buxari
Yangiliklar lentasi
0