Din ishlari boʻyicha qoʻmita Qurʼonga qarshi chiqqan blogerga javob qaytardi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana
Mejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Din ishlari boʻyicha qoʻmita Qurʼoni karimning ayrim oyatlarini taqiqlash taklifiga munosabat bildirar ekan, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatish ifodalangan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanganligi toʻgʻrisida ogohlantirgan.

TOSHKENT, 7 fev - Sputnik. Din ishlari boʻyicha qoʻmita matbuot xizmati Oʻzbekistonda diniy tuygʻular va muqaddas manbalar tahqirlanishiga yoʻl qoʻyilmasligini eslatib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

V rukax u Aniyash apa Koran - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Noyob “Qurʼon” kitobini Oʻzbekistondan olib chiqishga yoʻl qoʻyilmadi - video

Qoʻmita soʻngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda dinga oid mavzularda turli chiqishlar koʻpaygani sababli ushbu bayonot bilan chiqish qilgan. Xususan, rasmiy bayonotda Feysbuk ijtimoiy tarmogʻida Safar Kattaboyev nikli foydalanuvchi tomonidan Oʻzbekistonda Qurʼoni karimning ayrim oyat va suralarni taqiqlash kerakligi yuzasidan bildirgan qarashlari ommaviy muhokamaga sabab boʻlayotgani qayd etib oʻtilgan.

"Avvalo diniy taʼlimot oʻta nozik va hassos boʻlgani tufayli muayyan din nomidan va uning mohiyati haqida faqatgina mutaxassislar munosabat bildirishlari maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Shuni qayd etish lozimki, Oʻzbekiston fuqarosi (u kim boʻlishidan qatʼiy nazar) Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishi, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir. Yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuygʻular hurmat qilinishi shart. Ularga nisbatan haqoratli soʻz ishlatish, yomon munosabatda boʻlishga hech kimning haqqi yoʻq", - deyiladi bayonotda. Qurʼoni karim – Alloh taoloning muqaddas kitobi. Undagi sura va oyatlarni insonlar tomonidan taʼqiqlashga urinish, Qurʼoni karimga nisbatan bunday fikr aytish mantiqsizlik. Jamiyat mavjud ustuvor gʻoyaga qarshi fikrlar tashlash oqibatida, noroziliklar kelib chiqishi, ixtiloflar yuzaga kelishi mumkinligi voqeʼlikda maʼlumdir. Tarixda esa shunday ishlarning yakuni qanday ayanchli yakun topgani koʻpchilikka maʼlum", - deyiladi xabarda. 

Vo vremya slujbы v mecheti. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qurʼon musobaqasida ishtirok etish uchun 2 mingdan ortiq kishi hujjat topshirdi

Shuningdek, bugungi Oʻzbekiston butun dunyoga oʻzining haqli ravishda bebaho tarixi va madaniyatini taqdim etar ekan, albatta islom taʼlimotiga oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan alloma ajdodlari va ularning asarlari bilan faxrlanishi, dunyoni oʻziga jalb etayotgan islom meʼmorchiligi va sanʼati bilan ziyorat turizmini kuchaytirayotgani taʼkidlangan.

Soʻngi yillarda aynan islom dini bilan bogʻliq boʻlgan diniy-maʼrifiy muassasalar – Islom tsivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Abul Muʼin Nasafiy ilmiy markazi, Xalqaro islom akademiyasi tashkil etilgani xalqimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda. Bularning barchasi xalqimiz tarixini toʻgʻri anglatish va eʼtiqodini toʻgʻri shakllantirishga qaratilgan, deb eslatib oʻtadi qoʻmita.

"Yana bir muhim jihatni yodda saqlash zarur. Internet tarmoqlaridagi voqea-hodisalarga fikr-mulohaza bildirish asnosida ehtiroslarga berilmasdan, donishmandlarcha vazmin va ogʻir-bosiq boʻlish lozim. Sof eʼtiqodli, keng dunyoqarashli kishi bunday vaziyatda qalb va aql amri bilan ish tutadi. Hissiyot va fitnaga solmoqchi boʻlganlarga imkon berish aqldan emas. Shu oʻrinda, muqaddas Qurʼoni karimni oʻzgarishsiz saqlanishi haqidagi Hijr surasidagi: «Albatta, bu zikrni (yaʼni Qurʼonni) Biz oʻzimiz nozil qildik va uni Oʻzimiz saqlaguvchimiz» oyatini eslagan holda, hadisi sharifda aytilganidek “Moʻmin kishi oqil, farosatli, ziyrak va hushyor boʻladi. Soʻzimiz yakunida “Safar Kattaboyev” nomli profil egasi va Internet foydalanuvchilarini Islom dinining moʻʼtabar manbalari va qadriyatlariga taalluqli mavzularda salbiy bahs-munozaralar keltirib chiqaradigan fikrlarni tarqatishdan saqlanishga qatʼiy chaqiramiz", - deyiladi bayonotda.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunida fuqarolarning diniy eʼtiqodi bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlash, diniy qadriyatlarni oyoq osti qilish, amaldagi qonun hujjatlarida millatlararo adovat uygʻotish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatish ifodalangan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun ham javobgarlik belgilanganligini sira unutmaslik kerakligi toʻgʻrisida ogohlantirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala