Jamiyat

Inson salomatligi bevosita jinsiy hayotga bogʻliq - seksolog

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishProgon spektaklya "Gamlet" v ramkax festivalya "Zolotaya Maska"
Progon spektaklya Gamlet v ramkax festivalya Zolotaya Maska - Sputnik Oʻzbekiston
Seksolog jinsiy yaqinlik soni odamning sogʻligʻiga qanday taʼsir qilishi, haftada necha marta jinsiy aloqa qilish mumkinligini aytib berdi.

TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Shifokor-seksolog Yevgeniy Kulgavchuk fikriga koʻra, inson salomatligi bevosita jinsiy hayotga bogʻliq.

Uchastniki prazdnovaniya Ivana Kupalы v obщine rodnoverov Soyuza slavyanskix obщin slavyanskoy rodnoy verы v Kalujskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Berlinda seks uchun budkalar ochilishi mumkin - OAV

Mutaxassis taʼkidlashicha, sogʻliq bilan muammo boʻlmasligi va shikoforga murojaat qilmaslik uchun inson “seks normaga” amal qilishi zarur.

"Seksologiyada UVR (shartli fiziologik ritm) kabi narsa mavjud. Bu majburiy norma emas, ammo unga koʻra, haftasiga 2-3 marta intim aloqa qilish zarur", - deydi seksolog.

Shu bilan birga, Kulgavchuk odamlarning har xil temperament va turli xil jinsiy konstitutsiyalari borligiga eʼtibor qaratdi.

“Bu oʻrtacha norma. <...> Oʻz jinsiy konstitutsiyani bilish muhim. Agar odam oʻz meʼyorini bajarmasa, unda uning hayot sifati va sogʻligʻi yomonlashadi”, - deb hisoblaydi u.

Sobaka kinologicheskoy slujbы  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Seks-oʻyinchoqlar, kolbasa, oʻrgimchak: yoʻlovchilar bagajida topilgan eng gʻalati narsalar

Biroq, jinsiy aloqani oshirib yuborish ham tavsiya etilmaydi.

“Agar jinsiy aloqa meʼyoridan oshib ketsangiz, u holda intim jarayon joningizga tegadi. Bundan tashqari, aniq taqiqlar ham mavjud”,  - deydi Kulgavchuk.

Seksolog muhim voqea yoki tadbirdan oldin seksdan voz kechish kerakligini qoʻshimcha qildi.

"Yaqin va jonli aloqadan keyin asab tizimi himoya rejimiga, tiklanish holatiga oʻtadi. Agar siz ushbu jarayon davomida yuqori natijalarni koʻrsatishingiz kerak boʻlsa, unda samaradorlik past boʻladi. Muhim voqea oldidan oʻzni tiyish, jarayondan soʻng esa - oʻzni mukofotlash kerak" - dedi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala