Foto

Kamikadze Shvarts va izquvar Zorro: Toshkent viloyati kinologiya markazidan foto-reportaj

Oʻzbekistonda 2019 yil davomida "toʻrtoyoqli politsiyachilar" 2,5 mingdan ziyod jinoyatlarni fosh etishda yordam bergan. Xizmat itlari qanday tayyorlanadi va saralanadi? Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Sputnik muxbiri Toshkent viloyati IIB Kinologiya boʻlinmasida boʻldi

Biz tashrif buyurgan Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xuzuridagi Kinologiya xizmati xizmat itlar pitomnigi 2001 yilning aprel oyida  tashkil topgan boʻlib, hozirgi kunda viloyat IIBB Kinologiya xizmati obʼyekti hisoblanadi.

Pitbul - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkent viloyatida it urishtiruvchi hibsga olindi

Boʻlinmaning asosiy vazifalari: ogʻir va oʻta ogʻir hamda shaxsga qarshi jinoyatlarni fosh etishda maxsus yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlangan xizmat itlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish; jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, giyohvandlik vositalari, portlovchi moddalar, qurol va oʻq-dorilarni aniqlashda ishtirok etish; koʻchalar, maydonlar, istirohat bogʻlari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda qatnashishdan iborat.

Ushbu obʼyektda yuqorida qayd etilgan vazifalardan tashqari, kinologiya xizmati xodimlarining doimiy ravishda jangovar shayligini taʼminlash maqsadida kinolog xodimlarning bilim saviyasi, kasb mahoratini oshirish, xizmat itlarini maxsus yoʻnalishlar boʻyicha ("Iz-qidiruv" va "Giyoxvandlik moddalarni qidirib topish") tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 

Oxotnichye rujye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Itni otib oʻldirgan odamga nisbatan chora koʻriladi – IIBB

2019 yil davomida Toshkent viloyati IIBB Patrul-prst xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya boʻlinmalari xodimlari tomonidan amalga oishirilgan ishlar natijasida 299 ta turli xil jinoyatlar jinoyatlar fosh etilishida ishtirok etishdi.

Xizmat itlarining zotini va sifatini yaxshilash, aholidan xizmatga layoqatli boʻlgan itlarni sotib olishni yaxshi yoʻlga qoʻyish maqsadida «Oʻzbekiston Respublikasi Kinologiya klublari uyushmasi» va «Vatanparvar» koʻngilli itsevarlar jamiyati bilan hamkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ushbu tashkilot va jamiyatlar tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalarda kinolog xodimlari oʻzlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan ishtirok etishib, fahrli oʻrinlarni egallashib kelishmoqda.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaToshkent viloyati IIBB Kinologiya xizmatining asosiy vazifalaridan biri Toshkent viloyati shahar va tuman IIB boʻlinmalarini xizmat itlari bilan taʼminlashdan iborat.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
1/16
Toshkent viloyati IIBB Kinologiya xizmatining asosiy vazifalaridan biri Toshkent viloyati shahar va tuman IIB boʻlinmalarini xizmat itlari bilan taʼminlashdan iborat.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXizmatda itlarning nemis ocharkasi, sharq yevropa ocharkasi, rus spaniyel, labrador (suratda) va belgiya ovcharkasi (malinua) zotlaridan foydalanib kelinadi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
2/16
Xizmatda itlarning nemis ocharkasi, sharq yevropa ocharkasi, rus spaniyel, labrador (suratda) va belgiya ovcharkasi (malinua) zotlaridan foydalanib kelinadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaItlar koʻpam jahldor emas — ular faqatgina buyruq berilsagina oʻz vajohatini koʻrsatishi mumkin. Terrorchilarni topishda dovyurak va dahshatli Shvarts, jinoyatchilarni ushlashda tushishda izquvar Zorro, narkotik moddalarni yashiringan joydan olib chiqishda spaniyel-Dinalarning mashgʻulotlariga guvoh boʻldik.
Tsentr kinologicheskoy slujbы UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
3/16
Itlar koʻpam jahldor emas — ular faqatgina buyruq berilsagina oʻz vajohatini koʻrsatishi mumkin. Terrorchilarni topishda dovyurak va dahshatli Shvarts, jinoyatchilarni ushlashda tushishda izquvar Zorro, narkotik moddalarni yashiringan joydan olib chiqishda spaniyel-Dinalarning mashgʻulotlariga guvoh boʻldik.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXizmat itlari portlovchi qurilmalar topish va giyohvand moddalarni topishga oʻrgatiladi.
Bitta itni u yoki bu sohaga oʻrgatish uchun olti oy vaqt sarflanadi. Ammo, kinologlarning aytishicha, jonivorning koʻnikmasi to u "pensiya" yoshiga yetguniga qadar rivojlantirib boriladi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
4/16
Xizmat itlari portlovchi qurilmalar topish va giyohvand moddalarni topishga oʻrgatiladi.
Bitta itni u yoki bu sohaga oʻrgatish uchun olti oy vaqt sarflanadi. Ammo, kinologlarning aytishicha, jonivorning koʻnikmasi to u "pensiya" yoshiga yetguniga qadar rivojlantirib boriladi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZorro laqabli portlovchi moddalarni topishga oʻrgatilgan it koʻz oldimizda oʻtlar ostiga yashirilgan mina mulyajini topdi. Portlovchi qurilmani aniqlagan "toʻrtoyoqli politsiyachi" oʻz egasiga oʻsha joyga yotib olgan holda "belgi berdi".
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
5/16
Zorro laqabli portlovchi moddalarni topishga oʻrgatilgan it koʻz oldimizda oʻtlar ostiga yashirilgan mina mulyajini topdi. Portlovchi qurilmani aniqlagan "toʻrtoyoqli politsiyachi" oʻz egasiga oʻsha joyga yotib olgan holda "belgi berdi".
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJonivorlar professional koʻnikmaga yillar davomida bajariladigan mana shunday mashgʻulotlar bilan erishadilar...
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
6/16
Jonivorlar professional koʻnikmaga yillar davomida bajariladigan mana shunday mashgʻulotlar bilan erishadilar...
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaItlarga buyruqlar ogʻzaki yoki qoʻl ishorasi bilan (gapirish mumkin boʻlmaganda) beriladi. Kinolog va xizmat iti hamisha birgalikda ishlaydilar, agar it xizmat jarayonida qandaydir ashyoviy dalilni topgan boʻlsa, kinolog bu holatni muayyan xatti-harakat (oʻtirish, akillash) orqaligina emas, hatto jonivor dumining likillashiga qarab bilib olishi mumkin.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
7/16
Itlarga buyruqlar ogʻzaki yoki qoʻl ishorasi bilan (gapirish mumkin boʻlmaganda) beriladi. Kinolog va xizmat iti hamisha birgalikda ishlaydilar, agar it xizmat jarayonida qandaydir ashyoviy dalilni topgan boʻlsa, kinolog bu holatni muayyan xatti-harakat (oʻtirish, akillash) orqaligina emas, hatto jonivor dumining likillashiga qarab bilib olishi mumkin.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAytgancha, jahldorlik haqida: yoshligidan jahldor tabiatli itlar izquvarlik va portlovchi moddalarni topish uchun atay ajratib olinar ekan.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
8/16
Aytgancha, jahldorlik haqida: yoshligidan jahldor tabiatli itlar izquvarlik va portlovchi moddalarni topish uchun atay ajratib olinar ekan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOʻyinqaroq itlar esa giyohvand moddalar topishga koʻproq mos tushadi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
9/16
Oʻyinqaroq itlar esa giyohvand moddalar topishga koʻproq mos tushadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGiyohvand moddalarni aniqlay oladigan itlarga narkotik moddalar beriladimi, degan savolga kinolog xodimlar qatʼiy "yoʻq", deya javob berishdi. Maʼlum boʻlishicha, jonivorlarga shunday ish uchun maxsus ishlab chiqarilgan sintetik moddalar beriladi. Moddalar hidi haqiqiy narkotik moddani eslatsa-da, ammo u narkotik hisoblanmaydi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
10/16
Giyohvand moddalarni aniqlay oladigan itlarga narkotik moddalar beriladimi, degan savolga kinolog xodimlar qatʼiy "yoʻq", deya javob berishdi. Maʼlum boʻlishicha, jonivorlarga shunday ish uchun maxsus ishlab chiqarilgan sintetik moddalar beriladi. Moddalar hidi haqiqiy narkotik moddani eslatsa-da, ammo u narkotik hisoblanmaydi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKinologiya markazidagi har bir "toʻrt oyoqli" politsiyachi oʻz yotoq joyi, tibbiy xizmat, oʻqish, ish va ozuqa koʻrinishidagi "maosh"ga ega.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
11/16
Kinologiya markazidagi har bir "toʻrt oyoqli" politsiyachi oʻz yotoq joyi, tibbiy xizmat, oʻqish, ish va ozuqa koʻrinishidagi "maosh"ga ega.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXizmat davomida jarohat olgan itlar markazning oʻzida davolanadi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
12/16
Xizmat davomida jarohat olgan itlar markazning oʻzida davolanadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAlfa laqabli izquvar-it jinoyatchini topish boʻyicha mashgʻulotni qisqa muddatda uddaladi va hatto oʻz "oʻljasini" oldiga solib olib ketdi.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
13/16
Alfa laqabli izquvar-it jinoyatchini topish boʻyicha mashgʻulotni qisqa muddatda uddaladi va hatto oʻz "oʻljasini" oldiga solib olib ketdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaItlar odatda sakkiz yil xizmat qilishadi. "Pensiya" yoshiga yetgan jonivorlarni kinologlar oʻzi bilan olib ketadilar.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
14/16
Itlar odatda sakkiz yil xizmat qilishadi. "Pensiya" yoshiga yetgan jonivorlarni kinologlar oʻzi bilan olib ketadilar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXizmat itlari olgan mukofotlar.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
15/16
Xizmat itlari olgan mukofotlar.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaToshkent viloyati IIBB Kinologiya xizmati.
Kinologicheskaya slujba UVD po Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
16/16
Toshkent viloyati IIBB Kinologiya xizmati.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala