Olimlar miyani yoshartiruvchi hujayralarni topishdi

Obuna bo‘lish
Amerkalik olimlar inson miyasining yoshartirish qobiliyatiga ega bo‘lgan, qari kishilarda odatda "uxlab yotadigan" hujayralarni aniqlashdi.

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. AQShning Olbani tibbiyot kolledji olimlari, qariyatgan miyada to‘planadigan immun hujayralarining ma’lum turini topdilar, ularning faollashishi organizmning kognitiv qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Ilmiy ish natijalari "Journal of Experimental Medicine" jurnali veb-saytida e’lon qilindi, RIA Novosti xabariga asosan.

Ta’kidlanishicha, ikkinchi guruh tug‘ma limfoid hujayralari (ILC2s) shifokorlarga miyaning qarishi bilan kurashishda yordam beradi. Ushbu hujayralar tananing ma’lum bir to‘qimalarida joylashgan va regenerativ jarayonlarda ishtirok etadilar, ammo olimlarning fikriga ko‘ra, markaziy asab tizimida ILC2s hujayralarining tarqalishi va ularning qarishga munosabati ilgari ma’lum emas edi.

Pervaya neyroxirurgicheskaya operatsiya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor - bosh miya jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi

Tadqiqot davomida ilmiy ish mualliflari yosh va qari sichqonlar miya000000sini tekshirishdi va ILC2s orqa miya suyuqligini ishlab chiqaradigan qon tomir bog‘lamida yosh o‘tishi bilan to‘planib borishini aniqladilar. U kognitiv jarayonlarda asosiy rol o‘ynaydigan gippokamp yonida joylashgan.

Qon tomir bog‘lamidagi ILC2s xo‘jayralari soni yosh kemiruvchilarga qaraganda qari kemiruvchilarda besh baravar ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ILC2s hujayralari ko‘p miqdorda keksa odamlarning ham miyasining bu sohasida topilgan.

Qari sichqonlarda ILC2s hujayralari "uxlash holatida" edi, ammo olimlar ularni sitokin interleykin 33 (IL-33) yordamida faollashtirishga muvaffaq bo‘lishdi, shundan so‘ng hujayralar neyronlarning paydo bo‘lishini rag‘batlantiradigan va umrini uzaytiradigan oqsillarni chiqara boshladilar. Natijada qari kemiruvchilarda bir qator kognitiv testlarning natijalari yaxshilandi.

Avvalroq, Bostondagi Garvard tibbiyot maktabining tadqiqotchilari semirib ketish, gipertoniya, qonda shakar va xolesterolning yuqoriligi kabi anormalliklar bilan tavsiflangan metabolik sindrom o‘rta yoshdagi odamlarda miyaning erta qarishiga olib kelishi mumkinligini aniqladilar.

Yangiliklar lentasi
0