Dunyoda

Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqladi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Fotobankka oʻtishPangolin
Pangolin - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoy bir guruh olimlari koronavirusni ehtimoliy tarqatuvchisini aniqladi: u noyob yovvoyi jonivor ekanligi aniqlandi.

TOSHKENT, 7 fev – Sputnik. Pangolin Xitoy koronavirus ehtimoliy tarqatuvchisi boʻlishi mumkin. Bu haqda "Interfaks" Xitoy televideniyesiga asosan xabar qildi.

Vspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kimlar koronavirusga kamroq moyil - olimlar tahlili

Xitoy olimlari pangolin yangi koronavirus genom ketma-ketligi kasal odam koronavirusning genomiga 99% oʻxshash ekanligini aniqladilar.

Pangolinlar - Osiyo va Afrikada keng tarqalgan zirhli sut emizuvchi hayvon va chumolixoʻr qarindoshlari hisoblanadi. Ular asosan hasharotlar bilan oziqlanadi. Xitoyda pangolinning goʻshti delikates hisoblanadi, qora bozorda pangolin teri qoplama tangachalari esa kumush narxida baholanadi.  

Janubiy Xitoy qishloq xoʻjaligi universiteti va Linnan-Guandun zamonaviy qishloq xoʻjaligi laboratoriyasi olimlari koronavirus pangolinlardan olinganligi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar yoʻqligini va bu hayvonlar kasallikning yagona tarqatuvchisi emasligini taʼkidlamoqda. Mutaxassislar xitoyliklarni yovvoyi hayvonlarga yaqinlashmaslikka chaqirmoqda.

Bundan avval Xitoy olimlari odamlar koronavirusni ilon yoki koʻrshapalaklardan yuqtirgan boʻlishi mumkin degan fikrni ilgari surishgandi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda yangi koronavirus bilan 31 mingdan ortiq kishi kasallandi, ulardan 962 kishi ogʻir ahvolda. Bu virusdan 636 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala