Jamiyat

Oʻzbekiston yashash uchun eng arzon boʻlgan davlat deb topildi - reyting

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Yashash uchun qimmat boʻlgan davlatlar reytingi eʼlon qilindi. Unda dunyoning 130 dan ortiq davlati kiritildi.

TOSHKENT, 7 fev – Sputnik. Oʻzbekiston yashash uchun qimmat boʻlgan davlatlar reytingida 128-chi oʻrinni egalladi, deb xabar qildi CeoWorld Magazine.

Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston korruptsiya reytingida nechanchi oʻrinda?

Reytingda jami 132 davlat kiritilgan. Mamlakatlarga turar-joy va ijara narxi, oziq-ovqat va restoranlarda ovqatlanish narxlari, shuningdek aholining xarid qobiliyati kabi mezonlar boʻyicha baholangan.

"Oʻzbekistondan soʻng roʻyxatda Suriya, Hindiston, Afgʻoniston va Pokiston qayd etilgan. Yashash uchun eng qimmat boʻlgan davlatlarga Shveytsariya, Norvegiya, Islandiya, Yaponiya, Daniya, Bagam orollari, Lyuksemburg, Isroil, Singapur va Janubiy Koreya kiritildi", - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Numbeo nomli internet manbaasi Toshkent - yashash uchun dunyoning eng arzon shaharlaridan biri ekanligini maʼlum qilgandi. Reytingini hisoblashda mutaxassislar bir oylik yashash xarajatlari, xonadon ijarasi xarajatlari, ovqatlanish va transport hamda tibbiyot xozmatlari shuningdek aholi daromadini ham hisobga olishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala