Jamiyat

Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirilishi mumkin

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishPasport grajdanina Rossiyskoy Federatsii
Pasport grajdanina Rossiyskoy Federatsii - Sputnik Oʻzbekiston
Kelajakda Rossiya fuqaroligini olishda oʻz fuqaroligidan kechish, 5 yil davomida doimiy yashash yoki daromad manbaini tasdiqlash kabi cheklovlar olib tashlanishi mumkin.

TOSHKENT, 7 fev - Sputnik. Hukumat boshqa davlatlarning fuqarolariga Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirish boʻyicha qonun loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda "Kommersant" gazetasi Davlat migratsiya siyosati kontseptsiyasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhdagi manbalarga tayanib  xabar berdi.

Hukumat matbuot xizmati bu "Rossiya Federatsiyasining fuqaroligi toʻgʻrisida" gi qonunning bir moddasini bekor qilishni nazarda tutadi deb aniqlik kiritdilar. Bu chet el fuqarolari tomonidan Rossiya fuqaroligini olish uchun zarur boʻlgan boshqa shartlar bilan bir qatorda, boshqa davlat fuqaroligidan voz kechishni anglatadi.

"Kommersant" ga Vazirlar Mahkamasida maʼlum qilinganidek, hujjat ustida ish yakuniy bosqichda. Prezident maʼmuriyati bilan kelishilganidan keyin bu oyning oʻzida Davlat Dumasiga taqdim etilishi mumkin.

"Hamma xohlovchilarga Rossiya fuqaroligini olish imkoniyatini yaratish uchun, biz bahorgi sessiyada bu masalaga batamom nuqta qoʻyishni istaymiz", - dedi OAVlarga Davlat Dumasi spikeri oʻrinbosari Petr Tolstoy.

Dumaning MDH ishlari, Yevrosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar boʻyicha qoʻmitasi rahbari Leonid Kalashnikovning soʻzlariga koʻra, fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun chet el fuqarosining Rossiyada besh yil davomida doimiy yashash talablarini ham bekor qilishi mumkin.

Bundan tashqari, qonuniy daromad manbaini tasdiqlash zarurati olib tashlanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala