O‘zbekistonda 10 jildlik jurnalistlar qo‘llanmasi ishlab chiqildi

© Agentstvo informatsii i massovix kommunikatsiy pri Administratsii Prezidenta Respubliki UzbekistanSostoyalas prezentatsiya 10-tomnogo posobiya po jurnalistike
Sostoyalas prezentatsiya 10-tomnogo posobiya po jurnalistike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 10 jildlik jurnalistika qo‘llanmasi ishlab chiqildi va "jurnalistika professori" ilmiy unvoni ta’sis etish g‘oyasi olg‘a surildi.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida jurnalistika sohasiga oid 10 jildlik qo‘llanmaning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi qo‘llanma xalqaro tajribani o‘rgangan holda, nazariyotchi olimlar hamda amaliyotchilarning tajribalari asosida tayyorlangan, bo‘lib u quyidagi jildlardan iborat:  

  1. Jurnalistika nazariyasi, tarixi va taraqqiyoti;
  2. Jurnalistika huquqi va etikasi;
  3. Medialingvistika va tahrir;
  4. Media-marketing va menejment;
  5. Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat masalalari;
  6. Audiovizual jurnalistika;
  7. Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar;
  8. Zamonaviy media muhitda PR-xizmatlar;
  9. Ixtisoslashgan jurnalistika;
  10. Jurnalistika sotsiologiyasi va psixologiyasi;

“Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev aytishiga qarganda ushbu qo‘llanmani chop etish - nihoyatda ulkan ilmiy izlanishlar natijasi bo‘lgan va shu sababli, O‘zbekistonda ham «jurnalistika professori” degan ilmiy unvon ta’sis etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qo‘llanmadan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonida foydalanish hamda jurnalistlarning shaxsiy kitob javonlaridan o‘rin olishga “arziydi”. Qo‘llanma 1000 nusxada nashrdan chiqarilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0