Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroitelstvo mnogoetajnix domov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta
Stroitelstvo mnogoetajnix domov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror bilan huquqiy eksperiment o‘tkazish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi.

TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Ayrim hududlarda "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi Qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkazishga oid Hukumat qarori qabul qilindi.

Stroitelstvo doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida bir yilda 638 ta ko‘p qavatli uy quriladi

Qarorga ko‘ra, Qonun normalarini hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning tartib-taomillari samaradorligini aniqlash huquqiy eksperimentning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limlarida aholi uchun maslahat punktlari tashkil etiladi.

Qaror bilan tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga ko‘ra, ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlari umumiy yig‘ilishida belgilanadi.

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish: bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan; yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot yoki jismoniy shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tomonidan shartnoma asosida; uy-joy mulkdorlari shirkati bo‘lgan notijorat tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Huquqiy eksperiment o‘tkazish davrida “Eng yaxshi boshqaruvchi” tanlovi tashkil etilib, eng yaxshi boshqaruvchining ish tajribasi OAVlarda keng yoritiladi.

Qaror bilan huquqiy eksperiment o‘tkazish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0