Uxandagi ikkinchi gospital bemorlarni qabul qilishga tayyor

© REUTERS / THE CENTRAL HOSPITAL OF WUHAN VIVspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV
Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aniqlik kiritilishicha, gospital 32ta seksiyaga bo‘lingan bo‘lib, ularda 1500 joy hozirlangan, har bir palatada ikki nafardan bemorlar joylashtiriladi. Muassasa hududida mingga yaqin tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi

TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Xitoyning Uxan shahrida koronavirusni davolash uchun mo‘ljallangan ikkinchi "Leyshenshan" ixtisoslashtirilgan gospitali shanba kuni foydalanish uchun topshirildi. Bu haqda RIA Novosti Xitoy Markaziy televideniyesi ma’lumotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Uxanda qolib ketgan qozog‘istonlikni evakuatsiya qildi

Tibbiy mutaxassislarning birinchi guruhi bu yerga allaqachon yetib kelib, rejaga ko‘ra bu yerga shanba kuni olib kelinishi kutilayotgan bemorlarni qabul qishiga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Bundan tashqari, gospitalga tashxisi tasdiqlangan bemorlarni joylashtirish ham ko‘zda tutilgan.

Uxan yaqinidagi Szansya shahri yaqinidagi yuqumli kasalliklar gospitali 79 ming kvadrat metrda joylashgan. Uning kattagina qismi bemorlar uchun, maydon hududidagi 10ta qurilma tibbiyot xodimlari va material-texnik vositalar uchun ajratilgan.

Shifokorlar uchun jami 264ta xona ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning har birida olti kishidan istiqomat qilish mumkin. Xonalarning har birida uchtadan ikki qavatli krovatlar joylashtirilgan, konditsioner, televizor, boshqa elektr anjomlari hamda alohida hodatxona va dush mavjud.

Pangolin - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqladi

Aniqlik kiritilishicha, gospital 32ta seksiyaga bo‘lingan bo‘lib, ularda 1500 joy hozirlangan, har bir palatada (og‘ir ahvoldagi kasallar uchun mo‘ljallangan palatalardan tashqari) ikki nafardan bemorlar joylashtiriladi. Muassasa hududida mingga yaqin tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin 10 kun ichida qurib bitkazilgan "Xoshenshan" gospitali ishga tushirilgani haqida ma’lumot bergan edik. Ikkinchi gospitalni qurish ishlari 27-yanvar kuni boshlangandi. Avvaliga davolash muassasasini 5-fevral kuni topshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ammo topshirish muddati biroz kechiktirildi.

Xitoy hukumati 31-dekabr kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatning markaziy qismida joylashgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida xabar berishgan edi. Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik qo‘zg‘atuvchisi – bu 2019-nCoV koronavirusi ekanligi aniqlangan. Xitoydagi yangi koronavirus qurbonlari soni shu paytgacha 722 nafarga yetdi, virusni yuqtirganlar soni esa 34,5 mingdan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0