Ba’zi odamlardan yaxshiroq: Samarqandda it yangi tug‘ilgan chaqaloqning hayotini saqlab qoldi

© AFP 2023 / Douglas MangoSobaka na ulitse brazilskogo goroda Belu-Orizonti posle navodneniya
Sobaka na ulitse brazilskogo goroda Belu-Orizonti posle navodneniya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda to‘rt oyoqli qahramon yangi tug‘ilgan chaqaroqning hayotini qutqarib qoldi va odamlarni hayratga soldi.

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Samarqandda it kimsasiz daraxtzorga tashlab ketilgan chaqaloqning hayotini qutqarib qoldi. Ushbu haqida “Zamon” telekanali xabar qildi.

“Samarqandda kuchuk chaqaloqning hayonini saqlab qoldi. It yangi tug‘ilgan va tashlab ketilgan chaqaloqni topib uni o‘z egasi yoniga olib keldi. Uning harakatlari barchani hayratda qoldirdi”, - deyilgan xabarda.   

Ma’lum bo‘lishicha, 21 yoshli qiz bola yangi tug‘ilgan chaqaloqni kimsasiz daraxtzorga tashlab ketadi. Chaqaloqni it topib olib uni o‘z egasiga olib borib beradi.

Sobaka. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimligi yoppasiga zaharlab o‘ldirilgan itlar yuzasidan bayonot berdi

Undan so‘ng esa ,chaqaloq zudlik bilan tez yordam shifokorlariga topshirilgan. Ayni damda u shifokorlar nazorati ostida. Bolakay vazni 3,1 kg, hozir o‘rta og‘ir ahvolda, deyilgan xabarda.  

Ushbu voqea barchani hayratga qoldirdi. It insonning do‘sti deyishadi. Bo‘lib o‘tgan voqea bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin. It bir inson hayotini saqlab qoldi.

Afsuski kundalik hayotda ba’zan ayrim kishilarning itlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Aynan Samarqandda o‘tgan yil qarovsiz itlarni maxsus joylarda saqlash o‘rnida, ularni birvarakayiga o‘ldirib yuborish holatlari kuzatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0