TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Shu yozda Oʻzbekistonda oltin va kumush yombilarini savdo vending avtomatlari paydo boʻlishi mumkin.
Odatda bunday avtomatlar diqqatga sazovor joylar yonida oʻrnatiladi.
Las Vegas Vending Machines - When's My Vacation
— Rattana Jeng Maray® (@KittyOwner_Club) July 11, 2019
gold to go atm golden nugget las vegas https://t.co/c4NkWCtIMf pic.twitter.com/ZR9XYmEsu8
Oʻzbekiston hukumati turistik obʼyektlar yaqinida bunday savdo apparatlarini oʻrnatish koʻzda tutmoqda.
Avtomatlarda sayyohlar 1,3 va 5 gramm miqdorida boʻlgan oltin va kumush yombilarni sotib olishi mumkinligi koʻzda tutilmoqda.
Bu Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan Oʻzbekistonda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish chora-tadbirlariga doir hukumat qarori loyihasida qayd etilgan.
Taʼkidlanishicha, kamida 10 ta avtomat oʻrnatish rejalashtirilgan:
2020 yil 1 iyulgacha – Toshkent, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlarida;
2021 yil 1 yanvargacha - respublikaning boshqa hududlarida.