Alisher Usmonov XOQga qimmatbaho qo‘lozma sovg‘a qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov
Prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning dekabr oyida Kuberten qo‘li bilan yozilgan Olimpiya manifesti anonim ravishda auksionda 8,8 million dollarga sotib olingan edi.

TOShKENT, 11 fev - Sputnik. Milliarder Alisher Usmonov Lozanna shahridagi Olimpiya muzeyiga zamonaviy Olimpiya o‘yinlari asoschisi Pyer de Kubertenning manifestini sovg‘a qildi. Bu haqda XOQ matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Olimpiya manifesti kim oshdi savdosida 8,8 million dollarga sotib olingan edi. Xaridor nomi noma’lum edi.

"Bugun biz tarixiy voqeaning guvohi bo‘ldik. Biz tarixiy hujjatni, Olimpiya harakatining falsafiy asoslarini aks ettiruvchi nutqni ko‘rdik. Bundan tashqari, biz ushbu qo‘lozmaning Olimpiya uyiga, aslida o‘z makoni bo‘lgan joyga tarixiy ravishda qaytganini shohidi bo‘ldik", - dedi XOQ prezidenti Tomas Bax .

U Usmonovning sahiyliki tarixga yaqinlashishga imkon berganini ta’kidladi. O‘z navbatida, milliarder olimpiya harakatining bunday muhim atributini xususiy shaxsda saqlanishi kerak emasligini ta’kidladi.

Festival Korana - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov taqdim etgan noyob kitoblar Toshkentga yetib keldi

Kuberten manifestni 1889-yilda yozgan. Qo‘lozmaning 14 sahifasida zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining asoslari bayon qilingan. "Xalqlar o‘rtasidagi kurash faqat sportda bo‘lishi kerak" degan ibora alohida qiziqish uyg‘otadi.

Kuberten Olimpiya o‘yinlarini tiklash tashabbuskori hisoblanadi. Shuningdek, u O‘yinlarning timsoli va qasamodni ishlab chiqdi va "Tezroq, balandroq, kuchliroq" shiorini taklif qildi.

Uning sharafiga XOQ tomonidan beriladigan mahsus mukofot nomlandi, ushbu mukofot Olimpiya o‘yinlari chog‘ida ko‘rsatiladigan olijanoblik uchun beriladi.

Yangiliklar lentasi
0