“Ilhom” teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi - Madaniyat vaziri

© Foto prislano ochevidsem Teatr "Ilxom"
Teatr Ilxom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Ilhom” teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olinganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Ilhom” teatri o‘z joyda qolishiga kelishib olinganini ma’lum qildi. Vazir bu haqda Instagram sahifasida post yozgan.

“10 fevral kuni ushbu masala yuzasidan “Ilhom” teatri badiiy rahbari Boris Gafurov hamda teatr joylashgan bino rahbarlari bilan uchrashdim. Uchrashuvda nafaqat O‘zbekistonda, balki, xorij mamlakatlarida ham o‘z dovrug‘i va muxlisiga ega bo‘lgan "Ilhom" teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi.

Madaniyat va san’at Madaniyat vazirligining doimiy himoyasidadir. Bundan buyon “Ilhom” teatrining ijodiy faoliyati ham har tomonlama vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi”, - deb yozgan.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri “Ilhom” teatri direktori o‘rinbosari Irina Bxarat bilan suhbatlashib, teatrning yopilishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan izoh so‘radi.

© Foto prislano ochevidsem Repetitsiya v teatre "Ilxom"
“Ilhom” teatri o‘z joyida qolishiga kelishib olindi - Madaniyat vaziri - Sputnik O‘zbekiston
Repetitsiya v teatre "Ilxom"

Irina Bxarat tarqalgan xabarlarning asosli ekanligini tasdiqlagan holda, teatr jamoasining bundan kelajagi va bundan keyingi faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi yuzasidan savolga javob berdi:

“Hozircha, bu masala qanday hal qilinishini bilmaymiz. Ammo teatr yopilayotgani yo‘q va bizni shu yerda qoldirishadi deya umid qilamiz” – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 7-fevral kuni “Ilhom” teatri yopilishi mumkinligi haqida xabar tarqalib, teatr jamoasi "OFELOS PLAZA" MJChdan binoni bo‘shatish to‘g‘risida xat olgan edi. 12-fevral kuni teatr binosida ushbu masala yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0