Rossiya AQSh sanksiyalaridan unumli foydalandi - Die Welt

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishRaspredelitelno-perevalochniy kompleks nefteproduktov "LUKOYL-II"
Raspredelitelno-perevalochniy kompleks nefteproduktov LUKOYL-II - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil Rossiya neft mahsulotlarini yetkazib berishda AQSh, Kanada va Meksikani ortda qoldirgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 11 fev - Sputnik. Rossiya AQShning sanksiyalar siyosatidan neft xom ashyosi eksportini ko‘paytirish yo‘li bilan unumli foydalandi, deb yozadi Germaniyaning Die Welt gazetasi, RIA Novosti xabariga asosan.

Vashington Moskvaga qarshi sanksiyalarni qo‘llaganiga qaramay, AQSh Eron va Venesuyela singari boshqa davlatlarga nisbatan cheklov choralari Rossiya xom neftining eksportini oshirishga yordam berdi, deb yozadi gazeta.

Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
20 yil qoldi - neft tugaganidan keyin nima bo‘ladi?

Gazeta Amerika Qo‘shma Shtatlari Energetika vazirligining Energiya axborot agentligi ma’lumotlariga tayanib, o‘tgan yilning oktabr oyida Rossiya AQShga Kanadadan keyin Meksikani ortda qoldirgan holda neft mahsulotlarini yetkazib berishda ikkinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, noyabr oyida neft mahsulotlarini yetkazib berish darajasi tarixiy rekord o‘rnatdi, bu o‘tgan yil darajasidan ikki yarim baravar oshdi va 19,2 million barrelni tashkil etdi, deydi Die Welt.

Gazeta ta’kidlashicha, Rossiya neft korxonalarining tashqi yetkazib berilishi nafaqat AQShga, balki Yevropaga ham ko‘paydi. Rossiya bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning birinchi 11 oyida neft eksporti 3,8 foizga qo‘shilgan.

Shuningdek, Yevropa saksiyalariga qarshi kiritlgan choralar natijasida, so‘nggi 4-yilda Rossiyada qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi ildam rivojlanib borayotgani ham statistik ma’lumotlar bilan tasdiqlanmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0