JSST rahbari koronavirusga qarshi birinchi vaksina qachon yaratilishini aytdi

© Sputnik / Migel Kandela / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom
Situatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoydagi koronavirusning yangi turiga COVID-2019, deya rasmiy nom bergan edi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Koronavirusga qarshi birinchi vaksina 1,5 yildan keyin yaratilishi mumkin, deya xabar berdi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

Probirki s biomaterialom v laboratornom komplekse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 800dan ortiq namuna tekshirilib koronavirus topilmadi

"Vaksinalar va dori vositalarining ishlab chiqarilishi tadqiqotlar dasturining muhim qismi hisoblanadi, lekin bu birgina qismi. Ularni ishlab chiqish uchun vaqt talab etiladi. Shu bilan birga, biz himoyasiz emasmiz. Bugungi kunda jamoatchilikka oid juda ko‘plab choralar qabul qilingan va ular virus yuqishining oldini oladi. Misol uchun, birinchi vaksina 18 oydan so‘ng tayyor bo‘ladi. Shunday ekan, virusga qarshi kurashishda qo‘l ostida bo‘lgan quroldan foydalanmoq joiz", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati 2019-yil 31-dekabrda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatning markaziy qismi - Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida xabardor qilgan edi. Mutaxassislar kasallikni qo‘zg‘atuvchisi - 2019-nCoV koronavirusi ekanligini aniqladilar. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusdan kasallanganlar soni 42638 nafarni tashkil qiladi, 1016 inson halok bo‘lgan.

Sal oldin BSST Xitoydagi koronavirusning yangi turiga COVID-2019, deya rasmiy nom bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0