O‘zbekistonning ayrim universitetlarida masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

© pixabayRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda tajriba tariqasida masofaviy o‘qitish shakli joriy etilishi mumkin.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbebkistonda tajriba tariqasida masofaviy o‘qitish shakli joriy etilishi mumkin. Bu prezidentning 2020-yildagi Davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Avvaliga sinov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkaziladi.

Uzbekskiy student  - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati 15-martga qadar uzaytirildi

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibini belgilash, dasturiy-apparat kompleksini yaratish topshirilgan.

Shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan oliy ta’lim muassasalarini o‘quv jarayoniga masofaviy ta’limni joriy etish uchun zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlanadi.

Vazirlar mahkamasi 2021-yil 1-yanvarga qadar tajriba-sinov natijalarini inobatga olgan holda mamlakatning oliy ta’lim tizimiga masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarni o‘qitishning ushbu shaklini amalga kiritishning oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi grafigi bilan birgalikda kiritadi.

Yangiliklar lentasi
0