Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik faqat tender orqali amalga oshirilishi mumkin – G‘aniyev

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovEler Ganiyev
Eler Ganiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Transport vazirligi O‘zbekiston aviabozoriga xorijiy tashuvchilarni ularni O‘zbekiston rezidentlari sifatida majburiy ro‘yxatga olish sharti bilan jalb qilishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) birinchi xalqaro aviatsiya forumiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida transport vaziri Elor G‘aniyev xorijiy aeroportlarni boshqarish kompaniyalari bilan hamkorlik tender asosida amalga oshirilishi ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Vertolet VRT500 na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019 v podmoskovnom Jukovskom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yangi vertolotlar sotib olishni rejalashtirmoqda

“Xorijiy aeroportlarni boshqarish kompaniyalari bilan hamkorlik  to‘g‘risida shuni aniq aytishim mumkinki, bu jarayon faqat tender asosida amalga oshiriladi. Kim eng jozibador shartlarni taqdim etsa, o‘sha tenderdan o‘tadi”, - deya qayd etdi G‘aniyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolash haqida hatto gap ham bormayapti. Vazirlik O‘zbekiston aviabozoriga xorijiy tashuvchilarni ularni O‘zbekiston rezidentlari sifatida majburiy ro‘yxatga olish sharti bilan jalb qilishni rejalashtirmoqda.

“Hozirda to‘rtta kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bo‘lajak aviatsiya forumining maqsadlaridan biri O‘zbekiston bozoriga jalb qilish uchun potensial aviatashuvchilar bilan muzokaralar o‘tkazishdir”, - dedi vazir.

Yangiliklar lentasi
0