Noyob kiyik shoxlarini xorijga olib chiqayotgan fuqaro ushlandi

© Tamojenniy komitet UzbekistanaUzbekistanes pitalsya provezti v sosednyuyu respubliku roga buxarskogo olenya
Uzbekistanes pitalsya provezti v sosednyuyu respubliku roga buxarskogo olenya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro 3 dona O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kiyik (Xongul, Buxoro bug‘isi) shoxlarini qo‘shni davlatga olib chiqmoqchi bo‘lgan.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Xongul, Buxoro bug‘isi shoxlarini qo‘shni davlatga olib chiqayotgan fuqaro ushlandi. 

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro Surxondaryo viloyatidagi “Bobotog‘” chegara bojxona punktida tekshiruvidan o‘tkazilgan.

Saygak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik qariyb 4,4 mlrd so‘mlik sayg‘oq shoxlarini Rossiyaga olib chiqishga urindi

Natijada unga tegishli bo‘lgan sumka ichidan tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan, deklaratsiyalanmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 3 dona O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kiyik (Xongul, Buxoro bug‘isi) shoxlari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o‘ljalar, tulumlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0