Do‘st kulfatda bilinadi: O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh Kitayu
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh Kitayu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida XXRga tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yubormoqda.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. O‘zbekiston chorshanba kuni Xitoyga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida insonparvarlik yordami yuboradi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda. Kecha tegishli farmoyishga Shavkat Mirziyoyev imzo chekkandi.

“Bugun biz do‘st Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yuki yubormoqdamiz. Bu asosan bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya qiluvchi kombinezon,yuz uchun filtrlovchi niqob, maxsus tibbiy forma, tibbiy niqoblar va boshqalar, - dedi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev. – Bu XXRga hozirda kerak bo‘lgan narsalar. Aynan shunday holatlarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik sinaladi”.

"Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yukining olib ketilayotgani bu nafaqat strategik hamkorlik desa bo‘ladi, balki oddiy tilda do‘stlik rishtalari deb aytsak bo‘ladi. Aynan shu do‘stlik rishtalarini bog‘lash maqsadida ushbu respublikaga mana shu insonparvarlik yukini olib borapiz", - deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.

Probirki s biomaterialom v laboratornom komplekse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 800dan ortiq namuna tekshirilib koronavirus topilmadi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Xitoy mamlakatning yirik savdo hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi.

“Bugungi kunda  Xitoy Xalq Respublikasiga har taraflama amaliy yordam berishga tayyormiz”, - dedi Axatov

Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szan Yan O‘zbekiston hukumatidan insonparvarligi yordami ko‘rsatilishi to‘liq ikkki tomonlama munosabatlarning darajasini ifodalashini qayd etdi.  

“Hozir biz hurmatli prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, o‘zbek xalqi va O‘zbekiston hukumatidan kuchli va beg‘araz qo‘llab-quvvatlashni his etmoqdamiz. Biz buni juda yuqori baholaymiz. O‘zbekiston va Xitoy do‘stona mamlakatlar” – dedi elchi.

Shuningdek, ushbu yordam Xitoy xalqiga birdamlik hissini bag‘ishlashishini qo‘shimcha qildi.

Sputnik ma’lumotlariga ko‘ra, keyinroq Xitoyga insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0