Hodisalar

Boʻrijarda jasadi topilgan ayol haqida yangi maʼlumotlar taqdim etildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, N.Axmedova 2019 yilning sentyabrida Rossiya va Hindiston davlatlariga borib, onkologiyadan davolanib kelganligi, 3 kun oldin akasi onkologiya kasalligidan vafot etganligi, ayol shu tufayli siqilib yurganligi aniqlangan

TOSHKENT, 13 fev - Sputnik. Toshkent shahridan oqib oʻtuvchi Boʻrijar kanalidan topilgan ayol shaxsi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayangan holda.

Proxodyaщaya cherez kanal truba v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentdagi “Boʻrijar” kanalidan ayol kishining jasadi topildi – foto

Eslatib oʻtamiz, sal avvl bugun, 13-fevral kuni, Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi "Boʻrijar" kanalidan yoshi taxminan 55-60larda boʻlgan osiyo millatiga mansub ayol kishining jasadi topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Jasad tanasida zoʻravonlik izlari boʻlmagan.

Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida murda Shayhontohur tumanida yashagan, 1954 yilda tugʻilgan Axmedova N. ekanligi uning turmush oʻrtogʻi tomonidan tanib olingan.

Tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga koʻra, ayolning oʻlimi yuqori nafas yoʻllarining suyuqlik bilan berkilishi natijasida mexanik asfiktsiyadan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, N.Axmedova 2019 yilning sentyabrida Rossiya va Hindiston davlatlariga borib, onkologiyadan davolanib kelganligi, 3 kun oldin akasi onkologiya kasalligidan vafot etganligi, ayol shu tufayli siqilib yurganligi aniqlangan.

Ayni vaqtda Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala