Dushanbeda o‘zbek yengil avtomobillarini yirik blokli yig‘uv zavodi ochilishi mumkin

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe shahri meriyasi vakillari “O‘zavtosanoat” korxonalari faoliyati bilan tanishish uchun O‘zbekistonga keldi. Muzokaralarda Dushanbeda yengil avtomobillar va tijorat texnikasini yirik blokli yig‘uv zavodini ochish loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Tojikiston poytaxtida o‘zbek yengil avtomobillari va tijorat texnikasini yirik blokli yig‘uv zavodi paydo bo‘lishi mumkin.

Ravon Nexia R3 stala samoy prodavayemoy modelyu v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda Ravon Nexia R3 eng ko‘p sotiladigan modelga aylandi

“O‘zavtosanoat” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Dushanbe shahri meriyasi vakillari “O‘zavtosanoat” korxonalari faoliyati bilan tanishish uchun O‘zbekistonga ishchi tashrif kelgan.

Ushbu tashrif doirasida Dushanbe meriyasi vakillari “O‘zavtosanoat” AJ rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdilar.

Tomonlar ehtimoliy hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, Dushanbeda yengil avtomobillar va tijorat texnikasini yirik blokli yig‘uv zavodini ochish loyihasini amalga oshirishni muhokama qildilar.

Shuningdek, mehmonlar “O‘zavtosanoat”ning asosiy ishlab chiqarish korxonalari Asakadagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish zavodiga, Samarqanddagi “SamAvto”, “O‘zavtotreyler”, “Uz Truck and Bus Motors”, shuningdek, Toshkendagi UzAuto Motors Powertrain zavodlariga bordilar.

Yangiliklar lentasi
0