Hodisalar

“Falon soʻm yutdingiz”: IIV firibgarlardan ogohlantirdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni internet ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinayotgan turli aktsiyalarga ishonmaslikka chaqirmoqda.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan internet ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinayotgan turli aktsiyalarga ishonmasliklarini hamda notanish shaxslarga bank plastik kartalarining seriya raqamlari va kodlarini aytmasliklarini soʻramoqda.

Idora xabarida yozilishicha, keyingi paytda fuqarolarni aldash va firibgarlik yoʻli bilan ularga tegishli bank plastik kartalaridan noqonuniy ravishda pul yechib olish holatlari avj olgan.

Maʼlum qilinishicha, Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumanida yashovchi fuqaro M.B.ga telegramdagi “Jesco aksiyasi” guruhidan “Siz 75 ming soʻm pul yutdingiz, pulni telefon raqamingizga tashlab beramiz” degan sms xabari kelgan. Ushbu xabar orqali M.B.ning telefon raqami va plastik karta raqami aniqlanadi. Biroq uning plastik kartochkasiga pul mablagʻi tushmaydi, aksincha, 868 ming soʻm yechib olinadi.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Uchiga chiqqan firibgarlar: mashina olib beraman deb 700 kishining pulini yeb ketdi

Ikkinchi holat Fargʻona viloyatida sodir boʻlgan. Viloyatning Fargʻona tumanida yashovchi fuqaro B.A. tuman IIB boshligʻi nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U oʻz arizasida 11 yanvar kuni nomaʼlum shaxs soat taxminan 21:15larda oʻziga tegishli boʻlgan plastik kartochkasidan maʼlum miqdordagi pulni noqonuniy yoʻl bilan yechib olganini bayon qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida maʼlum boʻlishicha,  fuqaro B.A. 11 yanvar kuni Samarqand shahridagi xonadonida boʻlgan vaqtida oʻziga tegishli oshxona mebelini sotish maqsadida uning suratini internet doʻkoniga joylashtiradi.

Koʻp oʻtmay, unga Rossiyaga tegishli boʻlgan abonent raqamidan qoʻngʻiroq boʻladi. Notanish kishi B.A.ga oshxona mebelini sotib olishini, pulni esa plastik kartaga oʻtkazib berishini aytadi. Soʻngra undan plastik kartochkasining seriya raqami va sms xabaridagi kodni soʻraydi. Natijada fuqaroning plastik kartasidan salkam 1,5 million soʻm pul mablagʻi yechib olinadi

Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0