Video

“Lagʻmonlar lagʻmoni”: Oʻzbek oshpazlari Qozogʻiston rekordini yangiladi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Moskvadagi “Tyubeteyka” xalqaro madaniyat festivalida oʻzbekistonlik oshpazlar dunyodagi eng katta lagʻmon tayyorlash boʻyicha rekord oʻrnatishdi. Ular tayyorlagan lagʻmonning ogʻirligi qariyb 798 kilogrammni tashkil etdi.

Moskvadagi “Tyubeteyka”  xalqaro madaniyat festivalida taniqli oʻzbekistonlik oshpaz   Hakim Gʻaniyev boshchiligida oshpazlar eng katta lagʻmon tayyorlash boʻyicha rekord oʻrnatishdi.

“Tyubeteyka” xalq amaliy sanati festivali boʻlib, unda turli xalqlarning madaniy merosiga bagʻishlangan loyiha hisoblanadi. Bu loyiha oʻz mahoratini namoyish etishga, mehmonlarga oʻz xalqlarining madaniyati va tarixini koʻrsatishga tayyor boʻlgan mamlakatlarning hunarmandlarini bir joyga jamlashga imkon beradi.

Prigotovleniye rekordnogo sumalyaka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Video
8 tonnalik sumalak rekord emas, xayriya uchun pishirildi

“Interrekord” rekordlarni qayd etish agentligi tayyorlangan ogʻirligi 797 kilogrammu 750 gramm boʻlgan oʻzbek lagʻmonin rasman qayd etdi. Bu besh yil oldin Qozogʻiston oʻrnatgan rekordni yangilandi. Oʻshanda Olmaotada tayyorlangan lagʻmonning ogʻirligi 687 kilogrammni tashkil etgan edi.

Festival tashkilotchisi Fotima Orifjonovaning soʻzlariga koʻra, ushbu lagʻmon kamida ming kishiga yetadi. Aytgancha, lagʻmonning bir qismi Toshkentga olib borilib, mehribonlik uylariga tarqatiladi.

Batafsil Sputnik videolavhasida.

Yangiliklar lentasi
0