Oltinsoydagi mojaro tafsilotlari ochiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oltinsoy tuman prokurori tumanda sodir bo‘lgan aholi va IIV xodimlari o‘rtasidagi mojaro tafsilotlarini ma’lum qildi.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Oltinsoy tuman prokurori tumanda sodir bo‘lgan aholi va IIV xodimlari o‘rtasidagi mojaro yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, tegishli farmon va topshiriqlar ijrosi yuzasidan olib borilgan monitoring jarayonida tumanning 1-sektoriga tegishli bo‘lgan “Xalqobod” mahallasidagi “Oq-oltin manzarasi” nomli fermer xo‘jaligiga qarashli qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suvli yer maydonining 496-dala konturidagi paxta va g‘allaga mo‘ljallangan yer maydonidan shu mahallada yashovchi fuqarolar M.B. 0.05 gektar, M.D. 0.05 gektar, N.F. 0.05 gektar, M.S. 0.05 gektar, S.M. 0.07 gektar va S.A. 0.12 gektar jami 0.39 gektar o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda yer maydonini egallab olgan va sun’iy ravishda yashash imkoniyati mavjud bo‘lmagan uy-joylarini qurib olgan.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda fuqarolar va ichki ishlar xodimlari orasida mojaro sodir bo‘ldi

Ushbu holat bo‘yicha 8-fevral kuni Oltinsoy tuman hokimining farmoyishiga asosan tuzilgan ishchi guruh a’zolari u yerga borishgan. Ushbu hududda o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilish qilgan shaxslarga qurilgan uylari noqonuniy qurilganligini ushbu yer maydoni fermer xo‘jaligi tasarrufida ekanligi aytishgan. Fuqarolarning o‘z hisoblaridan uylarini buzib olishlarini va ularga boshqa manzildan uy qurishlari uchun yer berishligini tushuntirishgan.

Shundan so‘ng, ishchi guruh tomonidan noqonuniy ravishda qurilish qilib olgan fuqarolarning iltimosiga asosan ularga o‘zlari hisobidan buzib olishlari uchun 2 kun muddat berilgan.

14 fevral kuni ishchi guruh a’zolari tuman prokurori T.B.Berdimurotov, tuman IIB boshlig‘i A.Z.Mirzayev, tuman hokimi o‘rinbosarlari B.Xudoyqulov, M.Ochildiyev va boshqalar yuqorida ko‘rsatilgan manzilga borib ko‘rilganida, fuqarolar M. B., M. D. va N. F. o‘zboshimchalik bilan qurilgan uyga yashash imkoniyati mavjud bo‘lmagan bo‘lsada, ko‘chib kirib olganligi aniqlangan.

Ishchi guruh noqonuiy qurilgan uy-joylarni buzib olishlarini tushuntirganda, avvaldan to‘planib turgan yuqorida keltirilgan va ularning yaqin qarindoshlari hokimiyat vakili va IIB xodimlariga noqonuniy qurilgan uylarni buzmasliklari uchun, ular qo‘llarida bo‘lgan benzin, tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan qarshilik ko‘rsatishgan. Noqonuniy qurilgan uylarni buzishni imkoniyati bo‘lmaganligi sababli ishchi guruh a’zolari ortlariga qaytib ketishgan.

Shu kuni soat 15:00 larda ishchi guruh o‘sha manzilga borganda yuqoridagi fuqarolar va ularning qarindoshlari qo‘llarida benzin, tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan qurollangan holda ishchi guruh oldiga chiqishgan.

Jamoat tinchligini saqlash va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarning oldini olish maqsadida tuman IIB xodimlari jalb qilingan. Hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirilishiga qaramasdan fuqarolar hokimiyat vakillari va IIB xodimlariga qo‘llaridagi narsalar bilan tashlanib ketishgan. Noqonuniy ravishda qurilgan uy-joylar ishchi guruh tomonidan buzilmagan.

Topor, votknutiy v pen - Sputnik O‘zbekiston
Ayol o‘z uyini bolta va prezident surati bilan himoya qildi – video

Mojaroda tuman IIB JTSG konvoy xizmati guruhi safdor-xodimi safdor M.Sh, tuman IIB HPB IIO tayanch punktlari profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi J.A. hamda fuqaro M.I. tan jarohati olishgan.

Qayd etilishicha, xodim M.S. 6 kundan ko‘p 21 kundan kam bo‘lmagan vaqtda mehnat qobilyatini yo‘qotish mezoniga ko‘ra, sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati, J.A. esa sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lmagan yengil tan jarohati olgan. 

Fuqaro M.I. Termiz shahar shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida davolanayotganligi aniqlangan.

Hozirda tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoning Oltinsoy tumanida aholi va IIB xodimlari o‘rtasida mojaro sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0