Qozog‘iston ta’lim vazirligi o‘zbek talabalarining ommaviy ketishi yuzasidan izoh berdi

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishObuchenie v kolledjax Moskvi
Obuchenie v kolledjax Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishlarini 15-martga qadar mamlakat OTMlariga ko‘chirish imkoni berilgan.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi o‘zbek talabalarining ommaviy ravishda vatanlariga qaytishi yuzasidan izoh berdi.

“Ma’lumki, so‘nggi paytlarda Qozog‘iston oliygohlariga Qozog‘istonda ta’lim olayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan o‘zbek oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish haqida arizalar kelib tusha boshladi”, - deya yozgan Facebook᾽da Qozog‘iston ta’lim va fan vazirining o‘rinbosari Miras Daulenov.

Uzbekskiy student  - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati 15-martga qadar uzaytirildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi O‘zbekiston elchixonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. O‘zbekiston tomoni talabalarning ketishi respublikada oliy ta’lim olishning kengaytirilishi bilan bog‘liqligini ma’lum qilgan.

“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, nafaqat mamlakatimizdagi talabalar, balki qator qo‘shni mamlakatlardan ham o‘zbek oliygohlariga o‘qishlarini ko‘chirishmoqda. Dunyoda oliy ta’lim ommalashishining o‘sishi va aholining keng qatlamini qamrab olishi kuzatilmoqda”, - deya ta’kidlagan Daulenov.

Talabalarning ushbu “migratsiyasini” vazir o‘rinbosari tabiiy jarayon deb atagan va bu Qozog‘iston oliygohlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligiga ishontirgan.

O‘qishni ko‘chirish tartibi buziladi: Mansurov Tojikistondan o‘zbek talablarining ketishi haqida

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonlik talabalarning mamlakatdan ommaviy qaytishlari holatiga izoh bergani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0