Human Rights Watch Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilayotgan tuzatishlarni tanqid qildi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishKonstitutsiya RF
Konstitutsiya RF - Sputnik Oʻzbekiston
Tashkilot vakili soʻzlariga koʻra, Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgarishlar RFda yashovchi noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega vakillar haq-huquqini cheklaydi

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Human Rights Watch (HRW) huquqni himoya qilish xalqaro tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha boʻlimi rahbari oʻrinbosari Tatyana Lokshina Rossiya Konstitutsiyasida oila tushunchasiga kiritilayotgan oʻzgartishlarni tanqid qildi. Ayol soʻzlariga koʻra, ushbu oʻzgarishlar mamlakatda yashovchi noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega vakillar haq-huquqlarini cheklaydi.

AQSH Mudofaa vazirligi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pentagon harbiy xizmatchiga gey-paradda formada qatnashishga ruxsat berdi

Sal oldin Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Petr Tolstoy nikoh bu erkak va ayol ittifoqiligi. degan tushunchani konstitutsiyada belgilash zaruriyati haqida gapirgan edi. Tolstoyga koʻra, bu holat noanʼanaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega boʻlgan shaxslarga alohida huquq berish kerakligi mavzusidan oʻz manfaati yoʻlida foydalanishning oldini olishga yordam beradi.

Vitse-spiker soʻzlariga koʻra, shunday qadam "biron bir xalqaro institutlar bundan buyogʻiga Rossiyaga LGBT-hamjamiyatlar uchun allaqanday maxsus huquqlar qabul qilish lozimligini tiqishtira olmasligini" kafolatlaydi.

"Meni fikrimcha, bu birinchi galda ichki auditoriyaga qaratilgan ishora, siyosatchining mamlakat ichidagi konservativ auditoriya bilan oʻynashuvi", dedi Lokshina RIA Novosti bilan suhbatda.

"Gomofobiya Rossiyada ancha kuchli, diskriminatsiya qiluvchi qonunning qabul qilinishi va OAVdagi tegishli ritorikadan soʻng esa yanada kuchayishi mumkin", deb hisoblaydi ayol.

LGBT-parad v Madride - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Gʻarb oʻzining "yangi eʼtiqodini" Oʻzbekistonda targʻib qila oladimi - ekspert javobi

Shu bilan birga, Lokshinaning taʼkidiga koʻra, Tolstoy ritorikasi Gʻarbga tomon ham yoʻnaltirilgan.

"Ehtimol, Rossiya auditoriyasiga murojaat qila turib, janob Tolstoy, bir vaqtning oʻzida gʻarblik sheriklarga Rossiya nafaqat diskriminatsiya qiluvchi qonunni bekor qilmasligi, balki uning oʻzi bir qator hamkasblari bilan diskriminatsiya normalarini konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyishni toʻgʻri deb hisoblashlari haqida muayyan signal yubormoqda", - dedi HRW vakili.

Ayol gey-propagandani taqiqlash haqidagi qonunni nazarda tutayotganini tushuntirdi.

"Oʻqituvchi yoki psixologning bolalar yoki oʻsmirlar bilan bu mavzudagi suhbati gey-tashviqot sifatida baholanishi mumkin", - dedi Lokshina.

Ishchi guruh hamraisi Pavel Krasheninnikov Tolstoy tomonidan taklif etilayotgan nikoh tushunchasini konstitutsiyada mustahkamlash unchalik toʻgʻri emasligini, chunki toʻliqsiz oilalar ham borligini, nikoh tushunchasi esa Oila kodeksida mustahkamlab qoʻyilganini aytgandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻtgan haftada RF Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlayotgan ishchi guruh bilan uchrashuvi davomida, toki u Rossiya prezidenti ekan, Rossiyada "birinchi va ikkinchi raqamli ota-ona" boʻlmasligini, faqat "ota va ona" boʻlishini alohida taʼkidlagan edi. Shu bilan birga, davlat rahbari, ushbu normani mamlakat bosh qonunida mustahkamlab qoʻyish kerak yoki kerak emasligiga aniqlik kiritmagandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala