Hodisalar

Moskvada shirinlik yeyish boʻyicha tanlovda qiz tiqilib oʻldi

Restoran Prazdnika Rigi
Restoran Prazdnika Rigi - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvadagi tungi klublardan birida shirinlik yeyish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda 23 yoshli ayol vafot etdi. Tergovchilar ushbu holat yuzasidan ish ochdi.

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. 15 fevral kuni Moskvadagi “Kill fish” klubida oʻtkazilgan shirinlik (pirojniy) yeyish boʻyicha tanlov fojia bilan tugadi. RIA Novosti xabariga asosan.

Tanlov sharti - hammadan koʻp shirinlik yegan kishi gʻolib boʻladi.  

23 yoshli qiz tanlovda ishtirok etadi. Qiz bir necha shirinlikni ogʻziga soladi. Qiz shirinliklarni chaynay olmaydi. Tasodifan nafas oladi va hushini yoʻqotadi.

Guvohlar shoshilinch yordamni chaqirishadi. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar qiz vafot etganini qayd etadi.

Holat yuzasidan tergov ishi ochildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala