Siyosat

Shavkat Mirziyoyev shu haftada Turkiyaga boradi

© Pool Photo via APVizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Turtsiyu
Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Turtsiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidentining taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi.

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari mazkur mamlakatda boʻladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev vыrazil soboleznovaniya (https://president.uz/ru/lists/view/3348) Prezidentu Turtsii Redjepu Tayipu Erdoganu v svyazi s mnogochislennыmi jertvami i postradavshimi v rezultate sxoda lavinы v provintsii Van na vostoke Turtsii. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda Oʻzbekiston va Turkiya prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar boʻyicha fikr almashiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi, Turkiya Respublikasi prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 25-26 oktyabr kunlari Turkiyaga tashrif buyurgandi. Muzokaralar yakunida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 20 dan ziyod hujjat imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala